Сообщения

Ashshurbanipal kutubxonasi

Изображение
Ashshurbanipal mil.avv. 685-627- yillarda yashagan. Ossuriya qiroli otasi Asarhaddon boʻlgan. Yoshlik davrini “Bit Reduni” saroyida oʻtkazgan. Buyuk davlat arbobi, sarkarda, imperator. Qattiq qoʻlligi bilan tarixda iz qoldirgan. U dushmanlarini nafaqat yoʻq qilish balki maksimal darajada yakson qilishi bilan ajralib turgan. Bundan tashqari u shumer va akkad tilini bilgan yagona imperator boʻlgan. Tarixda nafaqat siyosiy arbob sifatida balki jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi bilan ham oʻrin olgan. Bu kutubxona Ashshurbanipal buyrugʻiga asosan qurilgan. Dastlabki faoliyatini davlat hujjatlarini saqlash uchun  arxiv  sifatida boshlagan va 25 yil mobaynida qurilgan.  Fondi 30000  ga yaqin loy (gil) dan yasalgan tablichkalardan tashkil topgan. 1849-yilda ingliz arxeologi Ostin Genri Leyard tomonidan kutubxonaning katta (1-qismi) qismi Efrat va Tigr daryolari sohilidan topilgan. 3 yildan keyin uning yordamchisi diplomat va sayohatchi Ormuz Rassam tomonidan 2...

Efes shahridagi qadimiy Sels (Цельс) kutubxonasi

Изображение
Bugungi maqolamiz oʻz zamonasining mashxur Sels (kirill yozuvida Цельс) kutubxonasi haqida. Oʻz vaqtida Sels kutubxonasi Aleksandriya kutubxonasidan keyingi 2-oʻrinda turgan va shu sababdan ushbu kutubxona haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni sizlarga taqdim etishni maqbul topdik. Sels kutubxonasi — qadimgi Gretsiyaning Efes shahridagi qadimiy kutubxonalaridan biri boʻlib, Adrian hukmronligi davrida Tiberiy Yuliy Akvila tomonidan otasi Tiberiy Yuliy Selsga atab qurilgan. Kutubxonada 12 000 ga yaqin devordagi tokchalarda, polkalarda va mebel qutilarda pergament oʻrami ya’ni papirus qogʻoziga yozilgan oʻrama xatlar, qo’lyozmalar saqlangan. Qurilish ishlari 114-yilda boshlangan boʻlib, 135-yilda Akvila vorislari tomonidan toʻliq tugatilgan. Akvila kutubxonaning saqlanishi va kitoblar toʻplanishi uchun katta miqdordagi pulni meros qilib qoldirgan. Sels oʻz davrining bilimdon shaxslaridan boʻlgan, mamlakatni boshqarishda oʻzining katta hissasini qoʻshgan,  Rim an’analariga koʻra oda...

Uyg‘onish davrida Angliya kutubxonalari

Изображение
Oldingi maqolalarimizdan farqli ravishda bu safargi maqolamizda yaqin oʻtmishga sayohat qilib «Uygʻonish davri»da tashkil etilgan kutubxonalarga toʻxtalmoqchimiz va uygʻonish davrida ilm-fan va madaniyat oʻchogʻlaridan biri boʻlgan Angliya kutubxonalariga toʻxtalmoqchimiz. Angliya oʻsha davrda yevropaga ancha mashxur boʻlgan universitet va kollejlarga ega edi va  oʻsha davrda esa kutubxonalarsiz bu muassasalarni tasavvur qilib boʻlmas edi. Parker kutubxonasi Parker kutubxonasi Kembridjdagi Korpus Kristi kolledji hududida joylashgan. Bu kutubxonada bizning davrgacha saqlanib qolingan o’rta asrlar qo’lyozmalari, eski davrda chop etilgan kitoblar va renessans davridagi kashfiyotlar xazinaxonasi desak mubolag’a bo’lmaydi. Kutubxona joylashgan KORPUS KRISTI kolleji 1352-yilda tashkil etilgan. Kutubxonaning nomi mashxur arxiyepiskop, o’z davrining o’ta saxovatli kishisi METTYU PARKER sharafiga qo’yilgan. METTYU PARKER 1574-yilda kutubxonaga 400 dan ortiq nodir qo’lyozma taqdim...

Har bir kishi o'qib chiqishi tavsiya etiladigan 100 ta kitoblardan qaysi birini o'qishga ulgurdingiz?

Изображение
info.islom.uz sayti ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazilgan so'rovnomalar asosida har bir o'zbek o'qib chiqishi tavsiya qilinadigan kitoblar ro'yxatini aniqladi. Unga ko'ra, har bir kishi o'qib chiqishi kerak bo'lgan kitoblar quyidagilardir: 1. Qur'oni karimga oid kitoblar (Tafsiri Hilol, Tafsiri Irfon, Qur'oni karim ma'nolarining tarjimalari). 2. Hadis kitoblari (Oltin Silsila, Hadis va Hayot, Riyozus-solihiyn va boshqa hadis kitoblari). 3. O'zbek davlatchiligiga oid kitoblar (Konstitutsiya, Prezident asarlari, qonunlar va h.k.). 4. Hazrati Alisher Navoiy va boshqa mumtoz adabiyotimizga tegishli asarlar. Shuningdek quyidagi kitoblar ham tavsiya etildi: 5. Al-Adab Al-Mufrad (Imom Buxoriy). 6. Muxtasarul viqoya (Kifoya) (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf). 7. Ibodati Islomiya (Ahmad Hodiy Maqsudiy). 8. Sunniy aqidalar (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf). 9. Payg'ambarlar tarixi Islom tarixidir (Rahmatulloh Obidov...

Iroq kitob bozorlari haqida

Изображение
Iroqda kitob bozorlaridagi kitoblar tun davomida qarovsiz qoldiriladi. Iroqliklarni aytishicha, o'quvchi o'g'irlamaydi, o'g'ri esa o'qimaydi.

Kutubxonalar haqida eng qiziq faktlar

Изображение
1.       Dunyodagi eng qadimgi kutubxona Misrning Sinay shahridagi Sulton Ketrin monastirida joylashgan bo’lib , u 6-asr o’rtalarida qurilgan va dunyodagi Vatikandan keyin ikkinchi eng yirik dinga oid qo’llanma va kitoblar jamlanmasiga ega bo’lgan kutubxonadir. Bu kutubxonadan faqatgina rohiblar hamda olimlargagina foydalanishga ruhsat berilgan.     2.       Dunyodagi eng katta kutubxona – Kongress kutubxonasi bo’lib, taxminan 1348342 kilometr uzunlikdagi kitob javonida 158 milliondan ziyod fond bor: 36 milliondan ortiq kitoblar va boshqa bosma materiallar, 3,5 million plastinkalar, 13,7 million fotosuratlar, 5,5 million xaritalar hamda 69 million qo’lyozmalardan iborat 3. Dunyodagi eng kichik kutubxona Nyu-York shahrining ko’chalarida qurilgan bo’lib, bu kutubxonada faqatgina  bitta kitobxon foydalanishi uchungina yetarli bo’lgan joy ajratilgan. Yorqin sariq rangda plassmasadan ishlangan bu kichik...

IFLA haqida bilasizmi?

Изображение
IFLA  – bu  Kutubxona assotsiatsiyalari va muassasalarining xalqaro federatsiyasi  ( IFLA: The International Federation of Library Associations and Institutions ) hisoblanib, kutubxonalar, axborot xizmatlari va ularning foydalanuvchilari bilan qiziqqan kutubxonachilik sohasidagi yetakchi tashkilotdir. IFLA tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, ushbu xalqaro tashkilot 1927-yil Shotlandiyaning Edinburg shahrida tashkil etilgan. Hozirda esa dunyoning  140  dan ortiq mamlakatida  1400+  a’zolariga ega. Federatsiyasi maqsadi IFLA mustaqil, xalqaro, nodavlat-notijorat tashkilot bo‘lib, uning maqsadi quyidagilardan iborat: Kutubxona va axborot xizmatlarini rivojlantirish, kutubxona faoliyatini yanada kengaytirish; Yaxshi kutubxonalar va axborot xizmatlarini ahamiyatini anglab yetilishini, keng miqyosda tarqalishini ta’minlash; Barcha a’zolarini qiziqishlarini ko‘rsatish; A’zolik Milliy va xalqaro uyushma vakillari va tashkilot a’zolari uchras...