IFLA haqida bilasizmi?
IFLA – bu Kutubxona assotsiatsiyalari va muassasalarining xalqaro federatsiyasi (IFLA: The International Federation of Library Associations and Institutions) hisoblanib, kutubxonalar, axborot xizmatlari va ularning foydalanuvchilari bilan qiziqqan kutubxonachilik sohasidagi yetakchi tashkilotdir. IFLA tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, ushbu xalqaro tashkilot 1927-yil Shotlandiyaning Edinburg shahrida tashkil etilgan. Hozirda esa dunyoning 140 dan ortiq mamlakatida 1400+ a’zolariga ega.
Federatsiyasi maqsadi
IFLA mustaqil, xalqaro, nodavlat-notijorat
tashkilot bo‘lib, uning maqsadi quyidagilardan iborat:
Kutubxona va axborot xizmatlarini
rivojlantirish, kutubxona faoliyatini yanada kengaytirish;
Yaxshi kutubxonalar va axborot xizmatlarini
ahamiyatini anglab yetilishini, keng miqyosda tarqalishini ta’minlash;
Barcha a’zolarini qiziqishlarini ko‘rsatish;
A’zolik
Milliy va xalqaro uyushma vakillari va tashkilot
a’zolari uchrashuv va saylovlarda ovoz berish hamda IFLA prezidentligi uchun
nomzodlarni ko‘rsatish yoki saylash huquqiga ega. Kutubxona va informatika
sohasidagi amaliyotchilar sherik sifatida tashkilotga qo‘shilishlari mumkin.
Garchi bu shaxslar saylov huquqiga ega bo‘lmasa-da, IFLAning faoliyatiga,
qo‘mitaga xizmat qilish va kasbga doir dasturlarda hamkorlik qilish bilan katta
hissa qo‘shishadi. Agar sizda ham ko‘ngilli ravishda ishlash xohishi
bo‘lsa, IFLA Membership sahifasi orqali qanday qilib uyushmaga qo‘shilish haqida to‘liq
ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Korporatsiya homiylari
Uyushma 25 dan ortiq axborot industriyasi bilan
birgalikda hamkorlik qilib keladi. Hamkorlar moliyaviy yordami berish
orqali o‘zlarining mahsulot va xizmatlarini dunyo bo‘ylab tarqalgan IFLA ning
a’zolariga taklif etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Boshqa sohalar bilan
hamkorlik
Uyushma hozirgi kunga qadar ko‘plab tashkilotlar
bilan o‘zaro axborot almashish va birgalikda muammolarni hal etish maqsadida
aloqalar o‘rnatib kelmoqda. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO), Xalqaro
Uyushmalar Kengashi (ISCU), Jahon Intelektual Mulk Tashkiloti (WIPO), Xalqaro
standartlashtirish tashkiloti (ISO), shuningdek, 1999-yildan buyon Jahon Savdo
Tashkiloti (WPO) bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Shu bilan birga, Xalqaro
Nashriyotlar uyushmasi (IPA), Xalqaro Arxivlar kengashi (ICA), Xalqaro Muzeylar
kengashi (ICOM) va Xalqaro Tarixiy yodgorliklar, saytlar kengashi (ICOMOS)
uyushmalariga a’zo bo‘lgan.
IFLA konfrensiya va
yigi‘lishlari
Konfrensiyalar har yili dunyoning turli
shaharlarida Avgust yoki Sentabr boshlarida o‘tkaziladi. Uch mingdan ziyod
delegatsiyalar tajriba almashish, kasbiy muammolar bo‘yicha suhbatlashish,
axborot sanoatida bo‘layotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish va mezbon davlat
madaniyatini o‘rganish maqsadida dunyoning turli chekkalaridan kelishadi.
Boshqaruv
2008-yilda IFLA boshqaruv tizimi qaytadan ko‘rib
chiqildi va yangi tizim ishga tushirildi. Tizimni o‘zgartirishdan maqsad, dunyo
bo‘ylab a’zolar sonini oshirish va oz‘aro muloqat qilishni
yengillashtirish maqsadida ishlab chiqish hisoblanadi.
Yetakchi kengash
Yetakchi kengash uyushma tomonidan tasdiqlangan
ko‘rsatmalar asosida IFLAning boshqaruv va kasbiy yo‘nalishi uchun ma’suldir.
Kengash prezident, bevosita tanlangan 10 ta ( har ikki yilda pochta yoki
elektron saylov byulletenlari orqali) va 6 ta Kasbiy Qo‘mita tomonidan
saylangan a’zolardan iborat.
Kengashda yiliga uch marotaba uchrashuv
uyushtiriladi. Uchrashuvlar har yili Jahon kutubxonalari va Axborot kongressida
bo‘lib o‘tadi.
Qo‘mitalar
Uyushma ikkita qo‘mitadan iborat: ma’muriy va
kasbiy. Ma’muriy qo‘mita asosan kengash tomonidan yaratilgan siyosiy masalalar
bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi.
Kasbiy qo‘mita esa IFLAning barcha kasbiy
faoliyat, siyosat va dasturlarga bog‘liq ishlarga javob berish vazifasini
bajaradi.
Uchrashuvlar
Ko‘plab kasbiy uchrashuv va seminarlar dunyo
bo‘ylab mutaxassis guruhlar va strategik dasturlar tomonidan
tashkillashtiriladi. IFLAning rasmiy sayti orqali yoki IFLA_L ga
obuna bo‘lgan holda siz uchrashuvlar qachon va qayerda o‘tkazilishi haqida
to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Nashrlar
IFLA jurnali yilda to‘rt marotaba chop
etiladigan nashr hisoblanib, kutubxona va axborot xizmatlari, shuningdek, bu
sohalar faoliyatiga aloqador ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy mavzulardan
iborat bo‘lgan maqolalarni o‘z ichiga oladi;
Annual Report IFLA erishgan muvaffaqiyatlar haqida hisobot berib boradi;
IFLA
Publication Series Germaniyaning Berlin
shahrida nashr qilinadi.
IFLA
Professional Reports turli tashkil etilgan
uchrashuv va yaxshi amaliyotlar haqida ma’lumot beriladi.
Moliyalashtirish
IFLA moddiy ta’minotining 60%i a’zolik badalidan olinadi.
Qolgan daromad esa nashrlardan, hukumat agentligi, jamg‘arma va boshqa
hamkorlar tomonidan keladi.
Kasbiy dasturlar esa xalqaro jamg‘arma agentliklari,
milliy uyushma, universitet kutubxonalari va xayriya pullari yordamida
tashkillashtiriladi.
Muallif: Muazzam Abduqahhorova, TATU 2-bosqich talabasi
Комментарии
Отправить комментарий