KUTUBXONA FAOLIYATIDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY TUSHUNCHALAR
AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATIDA QO‘LLANILADIGAN
ASOSIY TUSHUNCHALAR
Kutubxona – hujjatlardan tashkil
topgan fondga ega bo‘lgan va ularni abonementlarga vaqtinchalik foydalanishga beradigan
hamda boshqa turdagi kutubxona xizmatlarini amalga oshiradigan axborot, madaniy,
ta’limiy muassasa.
Axborot-kutubxona tizimi – axborot-kutubxona
tizimi yagona tashkiliy va uslubiy ta’minot asosida faoliyat ko‘rsatuvchi axborot-kutubxona
muassasalari majmuidir.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – O‘zbekiston Milliy kutubxonasi milliy va jahon madaniyatini, fani va ta’limini
rivojlantirish manfaatlarini ko‘zlagan holda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona
faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi umumdavlat universal axborot-kutubxona
muassasasidir.
Axborot-kutubxona markazlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida axborot
kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona
muassasalaridir.
Axborot-resurs markazlari – davlat ta’lim muassasala ri huzurida tashkil etilgan, o‘quvchi yoshlarning,
shuningdek aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan
axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalaridir.
Kutubxona abonenti – kutubxona tomonidan
doimiy foydalanuvchi sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Kutubxona xizmati – kutubxonadan foydalanuvchining
ma’lum bir ehtiyojini qondiruvchi kutubxona xizmatining muayyan natijasi (hujjatlarni
berish va band qilish, yangi adabiyotlar to‘g‘risida ma’lumot berish, ko‘rgazmalar
tashkil etish, maslahatlar berish va h.k.)
Axborot-kutubxona fondi – tizimlashtirilgan
axborot-kutubxona resurslari majmui.
Hujjat – jamiyat tomonidan
foydalanish va saqlash maqsadida zamon va makonda uzatishga mo‘ljallangan matn,
tovushli yozuv yoki tasvir ko‘rinishidagi axborot aks etgan moddiy ob’ekt.
Axborot-kutubxona faoliyati – axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonalarning tarmog‘i,
axborot-kutubxona fondlari, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash,
ilmiy tadqiqot va metodik ta’minotini tashkil qiluvchi faoliyat sohasi.
AXBOROT-KUTUBXONA FONDI BO‘YICHA ASOSIY TUSHUNCHALAR
Fond – kutubxona, axborot markazining
vazifalariga hamda ixtisosiga mos keluvchi va foydalanish hamda saqlash uchun mo‘ljallangan
hujjatlarning tartibga solingan yig‘indisi.
Asosiy fond – kutubxona, axborot
markazining ixtisosi bo‘yicha hujjatlarning asosiy salmog‘ini qamrovchi va foydalanish
hamda saqlash uchun mo‘ljalangan fond.
Depozitar fond – maxsus ajratilgan
kutubxonalar, axborot markazlarida doimiy saqlash va foydalanish uchun mo‘ljallangan
fond.
Almashinuv fond – hujjatlar bilan
almashinuv, kutubxonalar, axborot markazlariga bepul berish va (yoki) tashkilotlar
hamda alohida shaxslarga sotish uchun mo‘ljallangan fond.
Rezerv fond – kutubxona, axborot
markazi va uning filiallari fondini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan fond.
Yordamchi fond – o‘quvchilarning
talablarini tez qondirish uchun kutubxona hamda axborot markazining xizmat ko‘rsatish
bo‘limlariga yaqin joylashtirilgan, eng ko‘p so‘raladigan hujjatlardan iborat fond.
Axborot-kutubxona fondini shakllantirish – axborot-kutubxona fondini shakllantirish axborot-kutubxona
muassasining maqsadlari va vazifalariga muvofiq uni jamlash, hisobga olish, ishlovdan
o‘tkazish, joylashtirish va saqlash orqali amalga oshiriladi.
Axborot-kutubxona fondini tashkil etish – hujjatlarni qabul qilish, hisobga olish, texnik qayta ishlash, joylashtirish
va saqlash jarayonlarining yig‘indisi.
Axborot-kutubxona fondini jamlash – axborot-kutubxona nashrlarni va boshqa axborot-kutubxona resurslarini sotib
olish, ularga obuna bo‘lish, ularni ayirboshlash, tekinga olish, shu jumladan, hadyaga
olish hisobiga jamlanadi.
Axborot-kutubxona fondini komplektlash – kutubxona, axborot markazi vazifalariga muvofiq bo‘lgan hujjatlarni aniqlash,
tanlash, ularga buyurtma berish, sotib olish, olish va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarining
yig‘indisi.
Axborot-kutubxona fondini to‘ldirish – hujjatlarning buyurtmaga muvofiqligi tekshirilgan, nuqsonliligi tekshirilgan,
hisobga olingan va qayta ishlanganidan keyin ularni fondga kiritish jarayoni.
AXBOROT-KUTUBXONA FONDINI HISOBGA OLISH, ISHLOVDAN O‘TKAZISH, JOYLASHTIRISH,
SAQLASH VA UNDAN FOYDALANISH.
Axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlovdan o‘tkazish,
joylashtirish, saqlash va undan foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
Axborot-kutubxona fondining nashrlar majburiy nusxasini
olish hisobiga jamlanadigan, shuningdek noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona
resurslarini o‘z ichiga olgan qismi milliy madaniy boylik bo‘lib, moddiy madaniy
meros ob’ekti sifatida saqlanadi.
Axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika ta’minoti
yomonlashuviga, ularni mehnatni muhofaza qilish talablariga, axborot-kutubxona fondlarini
saqlash normalari va shart-sharoitlariga mos kelmaydigan binolarga ko‘chirishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARINI HISOBGA
OLISH TIZIMI
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya
texnologiyalari davlat qo‘mitasining (hozirgi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni
rivojlantirish vazirligi) 2014 yil 20 fevraldagi 75-mh-son qaroriga ilova sifatida
«Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi
to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma» tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2014 yil 10 martda ro‘yxatdan o‘tkazilgan (ro‘yxat raqami 2567) Yo‘riqnoma
barcha axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini, shu jumladan,
elektron axborot-kutubxona resurslarini hisobga olishning yagona tartibi sifatida
belgilangan. Axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tizimi quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
axborot-kutubxona fondining barcha bo‘linmalarini hisobga
olish;
axborot-kutubxona fondi bo‘yicha “1-madaniyat” shaklida davlat statistika hisobotini topshirish;
ayrim axborot-kutubxona resurslarining, shu jumladan kitob yodgorliklarining,
alohida (maxsuslashtirilgan) hisobga olinishi.
Kitob yodgorliklariga kiritilgan noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona
resurslarini hisobga olish, tarix va madaniyat yodgorliklarini qo‘riqlash va ulardan
foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
AXBOROT-KUTUBXONA FONDIGA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI KELIB TUSHISHINI HISOBGA OLISH
Axborot-kutubxona fondiga axborot-kutubxona resurslari
kelib tushishini hisobga olish, ularni doimiy, uzoq muddatli va vaqtincha saqlanadigan
axborot-kutubxona resurslariga ajratish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bepul majburiy
nusxasini doimiy saqlash sharti bilan axborot-kutubxona muassasalariga kelib tushadigan
mahalliy axborot-kutubxona resurslari, shuningdek depozitar saqlash uchun qabul
qilinadigan axborot-kutubxona resurslarining bitta nusxasi unga inventar raqami
berilib, doimiy saqlash uchun hisobga olinishi kerak. Axborot-kutubxona resursining
turi, uning hajmi, mavzusi va boshqa forma belgilaridan qat’i nazar, kitobxonlarni
kundalik va prognoz qilinadigan talabini qondirish uchun mo‘ljallangan axborot-kutubxona
resurslari ularga inventar raqami berilib, uzoq muddat saqlanishi uchun hisobga
olinishi kerak. Axborot-kutubxona muassasasi tomonidan sovg‘a sifatida olingan axborot-kutubxona
resurslari (kitoblar, albomlar, boshqa nashrlar) hadya qilish dalolatnomasi asosida
axborot-kutubxona muassasasining fondiga kiritiladi. Axborot-kutubxona muassasasining
fondiga kiritiladigan axborot-kutubxona resurslari markalanadi. Bunda shtempellar,
kitob belgilari, yakka tartibdagi mashina o‘qiydigan shtrixli kodlardan foydalanish
mumkin. Axborot-kutubxona resurslarini markalashda ularning tegishliligini belgilanishini,
estetik talablarga javob berishini, markalash belgisining uzoq muddatga chidamliligini,
matn yoki boshqa belgili axborotning saqlanishini ta’minlash lozim. YAkka tartibdagi
tashuvchilarsiz elektron axborot-kutubxona resurslari maxsus kompyuter dasturlari
yordamida markalanadi, bunda tegishlilik belgisi umumiy direktoriya tarkibidagi
mustaqil fayl bilan rasmiylashtirilishi yoki elektron axborot-kutubxona resursiga
kiritilishi mumkin.
AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARINI JAMLANMA
HISOBGA OLISH
Axborot-kutubxona fondiga kelib tushadigan yoki chiqariladigan
barcha turdagi axborot-kutubxona resurslari kuzatuv hujjatlari (davlat ro‘yxatiga
olish varag‘i, hisob-faktura, yuk xat, reestr, dalolatnoma va shu kabilar) asosida
jamlanma hisobiga olinadi.
Qabul qilinadigan to‘plamlarda kuzatuv hujjatidagi ma’lumotlar
bilan farqlar, shuningdek keraksiz yoki nuqsonli axborot-kutubxona resurslari yuborilganligi
aniqlanganda, ular bo‘yicha etkazib beruvchiga tegishli e’tirozlar bildirilishi
lozim. Jamlanmani hisobga olish qog‘oz yoki elektron shaklda yuritiladigan “Axborot-kutubxona
resurslarini jamlanma hisobga olish kitobi”da amalga oshiriladi.
Axborot-kutubxona fondining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar
“Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi
to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”ning (keyingi o‘rinlarda Yo‘riqnoma) 1-3-ilovalariga muvofiq
shakldagi Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobining quyidagi
uchta qismlarida qayd qilinadi:
1-qism – “Axborot-kutubxona fondiga kelib tushgan axborot-kutubxona
resursi”;
2-qism – “Axborot-kutubxona fondidan chiqarish”;
3-qism – “Axborot-kutubxona fondining harakati yakunlari” ;
Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish
kitobi to‘liq to‘ldirilishi lozim.
Yil yakuni bo‘yicha axborot-kutubxona fondining yillik
harakatining yakuni chiqariladi. Axborot-kutubxona muassasasida qabul qilingan hisobga
olish tartibiga muvofiq axborot-kutubxona fondining harakati yakunlari chorak yoki
yarim yil uchun chiqarilishi mumkin.
AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARINI YAKKA TARTIBDA HISOBGA OLISH
Axborot-kutubxona resursining har bir nusxasini yakka
tartibda hisobga olish unga inventar raqamini berish orqali amalga oshiriladi. Bunda,
davriy bosma nashrlari ularga inventar raqami berilmasdan Axborot-kutubxona resurslarini
jamlanma hisobga olish kitobida qayd etiladi. YAkka tartibdagi raqam axborot-kutubxona
resursi axborot-kutubxona muassasasida mavjud bo‘lish vaqtida unga biriktiriladi.
Axborot-kutubxona resurslarini yakka tartibda hisobga
olish shakllari bo‘lib Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi inventar kitobi,
shuningdek hisobga olish katalogi kartochkasi va ro‘yxatga olish varaqchalari hisoblanadi.
Inventar kitoblari axborot-kutubxona resurslarining har bir turlari bo‘yicha alohida
yuritiladi.
Axborot-kutubxona resurslari to‘plami qabul qilingandan
so‘ng u Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobida qayd etiladi
va barcha nusxalarga inventar raqami berilib ular xatlovdan o‘tkaziladi hamda Yo‘riqnoma”ning
5-ilovasiga muvofiq shaklda axborot kutubxona resurslarini kutubxonaga qabul qilish
to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi.
AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARINI AXBOROT-KUTUBXONA FONDIDAN CHIQARILISHINI
HISOBGA OLISH
Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondidan
chiqarilishini hisobga olish ularni fonddan chiqarish sabablari va asoslarini aniq
ko‘rsatgan holda Axborot-kutubxona resurslarini
jamlanma hisobga olish kitobiga yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilar tomonidan yo‘qotilgan axborot-kutubxona
resurslari o‘rniga qabul qilingan nashrlar Yo‘riqnoma”ning 6-ilovasiga muvofiq shaklda
foydalanuvchilardan yo‘qolganlar o‘rniga qabul qilingan kitoblar va boshqa axborot-kutubxona
resurslarini hisobga olish daftarida qayd qilinadi. Unga kiritilgan yozuvlar asosida
kelib tushgan va chiqarilgan axborot-kutubxona resurslari bo‘yicha dalolatnomalar
tuziladi, bu dalolatnomalar Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish
kitobining tegishli qismlariga qayd qilinadi.
Axborot-kutubxona muassasasining faoliyat ko‘rsatadigan
axborot-kutubxona fondlaridan chiqarilgan axborot-kutubxona resurslari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobi ikkinchi
qismining tegishli ustunlariga qayd qilinadi.
AXBOROT-KUTUBXONA FONDINI TEKSHIRISH
Axborot-kutubxona fondini tekshirish uchun axborot-kutubxona
muassasasi tomonidan tekshirish komissiyasi tayinlanadi va ushbu komissiya tarkibiga
buxgalteriya vakili kiritilishi lozim.
AXBOROT-KUTUBXONA FONDINI TEKSHIRISH:
• moddiy javobgar shaxs almashtirilganda;
• axborot-kutubxona resurslarini o‘g‘irlash, suiste’mol qilish yoki buzish
holatlari aniqlanganda;
• tabiiy ofat, yong‘in va boshqa holatlarda;
• axborot-kutubxona muassasasi qayta tashkil qilinganda va tugatilganda amalga
oshiriladi.
FONDLARNI TEKSHIRISH QUYIDAGI MUDDATLARDA O‘TKAZILADI:
• seyflarda saqlanadigan noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona
resurslari bo‘yicha - 3 yilda bir marta;
• qadimiy va nodir axborot-kutubxona resurslari bo‘yicha-
5 yilda bir marta;
• axborot-kutubxona muassasalarining 50 ming hisobga olish birliklarigacha
bo‘lgan axborot-kutubxona fondlari - 5 yilda bir marta;
• axborot-kutubxona muassasalarining 50 mingdan 100 ming hisobga olish
birliklarigacha bo‘lgan axborot-kutubxona fondlari - 7 - 10 yilda bir marta;
• axborot-kutubxona muassasalarining 100 mingdan 200 ming hisobga olish
birliklarigacha bo‘lgan axborot-kutubxona fondlari - 10 - 15 yilda bir marta;
• axborot-kutubxona muassasalarining 200 mingdan 1 mln hisobga olish birliklarigacha
bo‘lgan axborot-kutubxona fondlari - bosqichma-bosqich 15 - 20 yilda bir marta;
• 1 mln. hisobga olish birliklaridan ko‘p bo‘lgan axborot-kutubxona
muassasalarining axborot-kutubxona fondlari – butun axborot-kutubxona fondining tekshiruvini tugallagan holda
tanlab olish tartibida bosqichma-bosqich 20 - 25 yilda bir marta.
Ajratib olinadigan tashuvchilardagi elektron axborot-kutubxona
resurslarini tekshiruvi hisobga olish va saqlash birliklari bo‘yicha amalga oshiriladi. YAkka tartibdagi
tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resurslarini tekshirish axborot-kutubxona
resurslaridagi o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beruvchi miqdoriy ko‘rsatkichlar
(fayllar miqdori) bo‘yicha amalga oshiriladi. Inventar raqamlari berilgan axborot-kutubxona
resurslarining barcha turlari tekshirilishi kerak. Agar tekshiruv jarayonida axborot-kutubxona
resurslarining yo‘qligi aniqlansa, ularni qidirib topish choralari ko‘riladi. Axborot-kutubxona
fondini yoki uning qismini tekshirish komissiyaning xulosalari va yo‘q bo‘lgan axborot-kutubxona
resurslarining ro‘yxati yozilgan “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona
resurslarini hisobga olish to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”ning 7-ilovasiga muvofiq shaklda
Axborot-kutubxona fondini tekshirish to‘g‘risidagi dalolatnomani tuzish bilan yakunlanadi.
AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARI FONDIDA SAQLANADIGAN RESURSLAR
Har bir kutubxona mavjud fondini saqlashni, foydalanishni
ta’minlaydi va shakllantirib boradi. Fond tarkibiga qoidaga ko‘ra davriy, davriy
bo‘lmagan va davomli nashrlar, qo‘lyozmalar, audiovizual, elektron hujjatlar kiradi.
Davriy bo‘lmagan nashrlar – bir marta chiqadigan, davomli bo‘lmagan nashr. Ba’zi
qimmatga ega bo‘lgan bu turdagi nashrlar qayta bosmadan chiqarilishi mumkin, lekin
bu oldindan rejalashtirilmaydi. Davriy bo‘lmagan nashrlar shakli, maqsadi va matn
tarkibi bo‘yicha farqlanadi. Davriy bo‘lmagan nashrlar ko‘p hollarda kitob va broshyura
shaklida bo‘ladi.
Kitob ko‘rinishidagi nashrlar - muqovali yoki muqova qilingan holatdagi 48 varaqdan ko‘p bo‘lgan kitob
nashri.
Broshyura – 4 varaq va 48 varaqdan
ko‘p bo‘lmagan ko‘rinishdagi kitob nashri, yumshoq muqovada chop etiladi.
Bosma nashr – bosib chiqarish
yoki bosma naqsh tushirish yo‘li bilan olingan, matbaa usulida mustaqil rasmiylashtirilgan
nashr.
Elektron nashr – foydalanish uchun
hisoblash texnika vositalari zarur bo‘lgan nashr.
Maxsus ko‘rinishga ega ko‘p qismli nashrlar, bir qancha kitob va broshyuralardan tashkil topgan bo‘lib, (masalan, maqsadi,
mundarijasi bo‘yicha) umumiy bir sarlavha ostida bir xil qoida asosida chiqariladi. Davriy bo‘lmagan nashrlarga
yana izonashrlar, nota va kartografik va yana bir qancha nashrlar mansub hisoblanadi.
Izonashrlar tasviriy san’atga
oid nashr hisoblanib, unda rasmlar va unga taalluqli matn ifoda etiladi. Reproduksiyalar, plakatlar va boshqa izonashrlar alohida
varaqlar yoki albom ko‘rinishida chop etiladi.
Nota nashrlarda musiqa ohanglari saqlanadi,
kartografiyada esa – Er va boshqa samoviy
jismlarning an’anaviy tasviri aks ettiriladi.
Davriy nashr – aniq vaqt oraliqlarida
chiqadigan, odatda, har bir yil uchun doimiy raqam soni (chiqarish)ga ega, ma’no
jihatdan takrorlanmaydigan, bir turda rasmiylashtirilgan, bir xil sarlavhali raqamlangan
va (yoki) sanasi qo‘yilgan chiqarishlarga ega seriyali nashr.
Izoh: Davriy nashr kundalik, haftalik, oylik, choraklik,
yillik bo‘lishi mumkin.
Gazetalar - vaqtning uzoq
davom etmaydigan oraliqlari o‘rtasida chiqadigan, rasmiy materiallar, tezkor axborot
va dolzarb ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ishlab chiqarish va boshqa masalalar bo‘yicha
maqolalar, shuningdek, badiiy asarlar va reklamadan iborat davriy gazeta nashri.
Izoh:
1. Gazeta, shuningdek, muayyan tadbirlar bilan chegaralangan
qisqa muddat davomida bosib chiqarilishi ham mumkin.
2. Gazeta ilovaga ega bo‘lishi mumkin.
Umumsiyosiy gazeta – mamlakatning ichki
va tashqi siyosati masalalarini, shuningdek, xalqaro hayotni tizimli ravishda yoritadigan gazeta.
Izoh: nashr va tarqatilish joyi bo‘yicha quyidagi gazetalar
farqlanadi: xalqaro, respublika, shuningdek, o‘lka,viloyatlar, shahar, tuman.
Ixtisoslashtirilgan gazeta – ijtimoiy
hayot, fan, texnika, madaniyat va faoliyatning boshqa sohalaridagi alohida muammolarni tizimli
ravishda yoritadigan va kitobxonningmuayyan toifalariga mo‘ljallangan gazeta.
Maxsus gazeta nashri – kitobxonga zarur
axborotni tezkorlik bilan etkazish uchun asosiy gazetaning chiqish yoki ijtimoiy tahririyati
tomonidan tayyorlangan, nashrning joriy va umumiy raqamlari, yili, sanasiga ega
bo‘lgan, cheklangan muddat ichida bosilib chiqadigan gazeta.
Jurnal – doimiy turkumga ega bo‘lgan
va turli masalalar bo‘yicha maqolalar yoki referatlarni va adabiy-badiiy asarlarni o‘z ichiga
oladigan davriy jurnal nashri.
Izoh: Jurnal ilovaga ega bo‘lishi mumkin.
Ilmiy jurnal – nazariy tadqiqotlar
to‘g‘risidagi maqolalar va meteriallarni, shuningdek, ilmiy xodimlar uchun mo‘ljallangan amaliy
xarakterdagi maqola va materiallarni o‘z ichiga olgan jurnal.
Izoh:
1. Maqsadli vazifasiga ko‘ra quyidagi jurnallar ajratiladi:
ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy va ilmiy-uslubiy.
2. Texnik fanlar bo‘yicha maqolalar, materiallar, referatlarni
o‘z ichiga olgan ilmiy-amaliy jurnal ilmiy-texnik jurnal deb ataladi.
Ilmiy-ommabop jurnal – fanlar asoslari
to‘g‘risida, nazariy va (yoki)
fan, madaniyat sohalaridagi va amaliy faoliyatdagi eksperimental tadqiqotlar to‘g‘risidagi
maqolalar va materiallarni
o‘z ichiga olgan bilimlarni tarqatish va mustaqil ta’lim olishga xizmat qiladigan jurnal.
Izoh: Bolalar uchun ilmiy-ommabop jurnallar chop etiladi.
Adabiy-badiiy jurnal – badiiy adabiyot
asarlari, shuningdek, publitsistik va tanqidiy maqolalar va materiallarni o‘z ichiga
olgan jurnal.
Ijtimoiy-siyosiy jurnal – keng kitobxonlar
davrasi uchun mo‘ljallangan,
dolzarb ijtimoiy-siyosiy mavzudagi maqolalar va materiallarni o‘z ichiga olgan jurnal.
Izoh: kitobxon manziliga bog‘liq ravishda ijtimoiy-siyosiy
nashrlar yoshlar, ayollar, kitobxonlarning maxsus toifalari
uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish amaliy jurnal – texnologiya, texnika, iqtisodiyot, ishlab chiqarishni tashkil etish yoki amaliy
faoliyat bo‘yicha maqolalar va materiallarni, muayyan soha xodimlari uchun mo‘ljallangan
uslubiy qo‘llanmalarni o‘z ichiga olgan jurnal.
Ommabop jurnal – turli masalalar
bo‘yicha maqolalar va materiallarni o‘z ichiga olgan va keng kitobxonlar davrasi
uchun mo‘ljallangan jurnal.
Referativ jurnal – jurnal sifatida
rasmiy ro‘yxatga olingan davriy referativ nashr.
Axborot byulleteni – tezkor ravishda
chiqariladigan, uni chop etuvchi tashkilotning yuritish doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha
qisqa rasmiy materiallarni o‘z ichiga olgan davriy yoki davomli nashr. Muassasa faoliyatidagi asosiy voqealar aks ettiriladi. Uning
hajmi yangiliklar oqimi bilan tartibga solinadi. Tayyorlanish davriyligi bo‘yicha byulleten har
kuni, haftada, yilda, oyda
bir marotaba chiqarilishi mumkin. Manzili bo‘yicha byulleten tuman (shahar) ichidagi
jurnalistlar, OAV vakillari, mahalliy
nashrlar uchun mo‘ljallangan.
Izoh: 1. Davriy byulletenlar odatda doimiy rubrikatsiyagaega.
2. Ayrim hollarda byulletenlar muayyan tadbir bilan chegaralangan
qisqa muddat ichida chiqarilishi mumkin.
Byulleten-jadval – jadval shaklida joylashtirilgan faktik ma’lumotlarga
ega bo‘lgan byulleten.
Statistik byulleten – mazmuni jamiyatning
hayoti va faoliyatining muayyan
sohasini tavsiflovchi tezkor statistik ma’lumotlarni tashkil etadigan byulleten-jadval.
Byulleten-xronika – nashr etuvchi
tashkilotning faoliyatini aks ettiruvchi xabarlarni o‘z ichiga olgan byulleten.
Normativ byulleten – normativ, direktiv
yoki yo‘riqnoma xarakterdagi materiallarni o‘z ichiga olgan, odatda, biron-bir davlat
organi tomonidan chiqariladigan byulleten.
Reklama byulleteni – buyumlar, xizmatlar,
tadbirlarga bo‘lgan talabni hosil
qilish maqsadida, e’tiborni o‘ziga tortadigan shaklda ifodalangan ular to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan byulleten.
Davomli nashr – material yig‘ilishiga
ko‘ra aniq bo‘lmagan vaqt oralig‘ida chiqadigan, ma’no jihatidan takrorlanmaydigan,
bir turda rasmiylashtirilgan, umumiy sarlavhali raqamlangan va (yoki) sanasi qo‘yilgan chiqarishlarga ega
seriyali nashr.
Комментарии
Отправить комментарий