Kutubxonalar haqida eng qiziq faktlar
1. Dunyodagi eng qadimgi kutubxona Misrning Sinay shahridagi Sulton Ketrin
monastirida joylashgan bo’lib , u 6-asr o’rtalarida qurilgan va dunyodagi
Vatikandan keyin ikkinchi eng yirik dinga oid qo’llanma va kitoblar
jamlanmasiga ega bo’lgan kutubxonadir. Bu kutubxonadan faqatgina rohiblar hamda
olimlargagina foydalanishga ruhsat berilgan.
2. Dunyodagi eng katta kutubxona – Kongress kutubxonasi bo’lib, taxminan
1348342 kilometr uzunlikdagi kitob javonida 158 milliondan ziyod fond bor: 36
milliondan ortiq kitoblar va boshqa bosma materiallar, 3,5 million
plastinkalar, 13,7 million fotosuratlar, 5,5 million xaritalar hamda 69 million
qo’lyozmalardan iborat
3.Dunyodagi eng kichik kutubxona Nyu-York shahrining ko’chalarida qurilgan
bo’lib, bu kutubxonada faqatgina bitta kitobxon foydalanishi uchungina
yetarli bo’lgan joy ajratilgan. Yorqin sariq rangda plassmasadan ishlangan bu
kichik kutubxonaga 40 tagacha bo’lgan kitoblarni joylashtirish imkoniyati bor,
bu kutubxonani tashkil etishdan asosiy maqsad bir xil sur`atda yashab
kelayotgan shahar aholisini vaqtini unumli o’tkazish , shuningdek kitob
o’qishga jalb qilish maqsadida barpo etilgan.
4.Dunyoning eng baland kutubxonasi Xitoyning Shanxay shahridagi JW Marriott
mehmonxonasining 60-chi qavatida yerdan 230,9 m balandlikda joylashgan, u
Ginnesning rekordlar kitobiga eng baland kutubxona sifatida kiritilgan.
5. Birinchi
kutubxona klassifikatsiya tizimi Han sulolasi davrida tashkil etilgan.
6. Kewanee
jamoat kutubxonasidan olingan she`riyatga oid bo’lgan “ Days and Deeds” kitobi
kech topshirilgani sababli 345,14 dollar (203,29 AQSh dollari)ga teng
bo’lgan jarimaga tortilgan. Aslida 1955-yil 19-aprelda qaytarilishi kerak
bo’lgan kitob 47 yildan so’ng kutubxonaga topshiriladi va dunyo bo’yicha eng
katta jarima to`langan kitobga aylandi.
7. Ginnesning
rekordlar kitobi Injildan keyingi eng ko’p og’irlanadigan kitobdir.
8. 1959-
yilda bir necha kemalardan foydalanib birinchi suzuvchi kutubxona xizmati ishga
tushirildi. 1963-yil Oma Yardida uzunligi 24 metr bo’lgan kema ichida
kutubxona tashkillashtirilgan. Kemaga Vinnes Skyssbatservice egalik qiladi va
bu kutubxonadan yoz faslida sayyohlik safarlari uyishtirish maqsadida
foydalaniladi.
9. Norvegiyada
kutubxonadan olingan kitoblarni istalgan boshqa kutubxonaga qaytarib
topshirishingiz mumkin bo’ladi.
10. Germaniyada
san`at kutubxonalari bo’lib, u yerdan siz mahalliy rassomlar tomonidan
chizilgan suratlarni 5 yevro evaziga bir necha oyga ijaraga olishingiz mumkin.
Комментарии
Отправить комментарий