Ashshurbanipal kutubxonasi


Ashshurbanipal mil.avv. 685-627- yillarda yashagan. Ossuriya qiroli otasi Asarhaddon boʻlgan. Yoshlik davrini “Bit Reduni” saroyida oʻtkazgan. Buyuk davlat arbobi, sarkarda, imperator. Qattiq qoʻlligi bilan tarixda iz qoldirgan. U dushmanlarini nafaqat yoʻq qilish balki maksimal darajada yakson qilishi bilan ajralib turgan. Bundan tashqari u shumer va akkad tilini bilgan yagona imperator boʻlgan. Tarixda nafaqat siyosiy arbob sifatida balki jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi bilan ham oʻrin olgan.
Bu kutubxona Ashshurbanipal buyrugʻiga asosan qurilgan. Dastlabki faoliyatini davlat hujjatlarini saqlash uchun arxiv sifatida boshlagan va 25 yil mobaynida qurilgan. Fondi 30000 ga yaqin loy (gil) dan yasalgan tablichkalardan tashkil topgan. 1849-yilda ingliz arxeologi Ostin Genri Leyard tomonidan kutubxonaning katta (1-qismi) qismi Efrat va Tigr daryolari sohilidan topilgan.
3 yildan keyin uning yordamchisi diplomat va sayohatchi Ormuz Rassam tomonidan 2-qismi topildi. Hozirgi kunda bu kutubxona qoldiqlari Britaniya muzeyida saqlanadi. Kutubxonaning ochilishi olimlarga qadimgi Ossuriya madaniyatidan 1-boʻlib xabar topishga yordam berdi. Bundan oldin Ossuriya haqida faqatgina Gerodot va Elladalik yozuchilarning asarlarida uchratish mumkin edi. Bu topilmalar orasida eng ulkan voqea Gilgamish dostonining topilishi boʻldi. Doston voqealari rivoji Bibliya voqealariga oʻxshashligi bilan tarixchilar e’tiborini tortdi.
Afsuski Britaniya kutubxonasiga yuborilgan topilmalar oʻrnini almashganligi sababli ularning qaysi biri qayerdan topilganligini aniqlashning imkoni boʻlmayapti. Hozirgi kungacha topilmalar ketma-ketligini togʻrilash ishlari olib borilmoqda. Britaniyik olimlar bilan birga Iroqlik olimlar topilmalarni tarjima qilish ustida ish olib bormoqdalar.
Ashshurbanipal tomonidan qurilgan kutubxona butun insoniyat bilimlari bilan boyitilishi koʻzda tutilgan edi. Fondda davlatni boshqarish uchun xudolar bilan doimiy aloqani ta’minlash, meditsina, mifologik asarlar, diniy rituallar, paygʻambarlik, shumer va vavilon lugʻatlari, qoʻshni davlatlar tillarini oʻrganish uchun qoʻllanmalar, qonun xujjatlari (Hamurappi qonunlari), afsungarlik va meditsina orqali insonlarni davolash, matematikaga doir kitoblar va koʻplab adabiy asarlar (Gilgamish va Enuma Elish) kabi janrlarga oid kitoblar saqlangan.
Matnlar ossur, vavilon, shumer va akkad dialeksiyasiga asoslangan tillarda yozilgan. Har bir matn  6 nusxadan saqlangan va bu hozirgi kunda tarjimonlar ishini osonlashtirmoqda. Bugungi kunda bu kutubxona akkad tilida yozilgan fondga ega eng katta kutubxonadir.
Ashshurbanipal kutubxonasi kutubxonachilari kataloglashtirish, koʻchirish va bibliografik ishlov berish juda yaxshi yoʻlga qoʻyilganligi bilan ajralib turgan. Ashshurbanipalning shaxsan oʻzi kutubxona nazorati bilan shugʻullangan. Har bir tablichkaga uning ismi yozilgan (ekslibris shaklida) boʻlib kolofoniga (hujjatning oxirgi varogʻi) hujjatning asl nusxasi haqida ma’lumot yozilgan. Kutubxonada yuzlab asalari mumidan yasalgan qogʻozlarga yozilgan kodekslar mavjud boʻlgan va mumli qogʻozlarda xatolar kuzatiladigan boʻlsa toʻgʻrilash imkoni boʻlgan.  Loy tablichkalarga qaraganda mumli qogʻozga yozilgan yozuvlar papirus va pergamentdagi yozuvlar kabi yongʻinlar natijasida saqlanib qolmagan. Agar eski kataloglarga tayanadigan boʻlsak, hozirgi kunda Ashshurbanipal kutubxonasi fondining 10% bizgacha yetib kelgan.

Комментарии

Eng ko'p o'qilganlar

Kitob haqida hikmatli so'zlar

Kutubxonalar haqida eng qiziq faktlar

KUTUBXONA FAOLIYATIDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY TUSHUNCHALAR