Efes shahridagi qadimiy Sels (Цельс) kutubxonasi

Bugungi maqolamiz oʻz zamonasining mashxur Sels (kirill yozuvida Цельс) kutubxonasi haqida. Oʻz vaqtida Sels kutubxonasi Aleksandriya kutubxonasidan keyingi 2-oʻrinda turgan va shu sababdan ushbu kutubxona haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni sizlarga taqdim etishni maqbul topdik.

Sels kutubxonasi — qadimgi Gretsiyaning Efes shahridagi qadimiy kutubxonalaridan biri boʻlib, Adrian hukmronligi davrida Tiberiy Yuliy Akvila tomonidan otasi Tiberiy Yuliy Selsga atab qurilgan.

Kutubxonada 12 000 ga yaqin devordagi tokchalarda, polkalarda va mebel qutilarda pergament oʻrami ya’ni papirus qogʻoziga yozilgan oʻrama xatlar, qo’lyozmalar saqlangan. Qurilish ishlari 114-yilda boshlangan boʻlib, 135-yilda Akvila vorislari tomonidan toʻliq tugatilgan. Akvila kutubxonaning saqlanishi va kitoblar toʻplanishi uchun katta miqdordagi pulni meros qilib qoldirgan.
Sels oʻz davrining bilimdon shaxslaridan boʻlgan, mamlakatni boshqarishda oʻzining katta hissasini qoʻshgan,  Rim an’analariga koʻra odamlarni shahar chekkasiga koʻmish taqiqlanganligiga qaramasdan, u oʻzini oʻlimidan so’ng kutubxonaning ichida sarkofag (tosh tobut) ga qoʻyilishini vasiyat qilgan.
1869-yilda ingliz olimlari sharofati bilan kutubxona afsonaviy Artemida ibodatxonasining birinchi arxeologik izlanishlari jarayonida topilgan. Vaqt oʻtishi bilan ingliz olimlari qatoriga nemis arxeologlari, XX asr oʻrtalarida esa turk arxeologlari izlanish ishlarini birgalikda olib borishgan. Bu yerda Sels kutubxonasining qul arxitektorlari Mazeus va Mitriadat haykal tasvirlarini ham koʻrish mumkin. Sels kutubxonasi Akvila nomi bilan tashkil etilgan boʻlsada, ular erkin boʻlishmagan. Lekin imperator Avgust ular kutishgan ozodlikni taqdim etgan.

Turkiyaning 20 million lirli banknotasida va yangi (2005-2009) 20 lira banknotasida bino fasadining tasviri tushirilgan.

Donolik (Sophia), Bilim (Episteme), Fikrlash (Ennoia) va Bagʻrikenglik (Arete) ramzlari hisoblangan haykallar saqlanib qolgan. Ular Sels kutubxonasining eng e’tiborli topilmalaridan biri.
Kutubxona Avstriya Arxeologiya Instituti koʻmagida qayta tiklangan va 1910-yilda haykallarning asl nusxasi Venadagi Efes muzeyida koʻchirilgan.

Комментарии

Eng ko'p o'qilganlar

Kitob haqida hikmatli so'zlar

Kutubxonalar haqida eng qiziq faktlar

KUTUBXONA FAOLIYATIDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY TUSHUNCHALAR