Uyg‘onish davrida Angliya kutubxonalari



Oldingi maqolalarimizdan farqli ravishda bu safargi maqolamizda yaqin oʻtmishga sayohat qilib «Uygʻonish davri»da tashkil etilgan kutubxonalarga toʻxtalmoqchimiz va uygʻonish davrida ilm-fan va madaniyat oʻchogʻlaridan biri boʻlgan Angliya kutubxonalariga toʻxtalmoqchimiz. Angliya oʻsha davrda yevropaga ancha mashxur boʻlgan universitet va kollejlarga ega edi va  oʻsha davrda esa kutubxonalarsiz bu muassasalarni tasavvur qilib boʻlmas edi.

Parker kutubxonasi
Parker kutubxonasi Kembridjdagi Korpus Kristi kolledji hududida joylashgan. Bu kutubxonada bizning davrgacha saqlanib qolingan o’rta asrlar qo’lyozmalari, eski davrda chop etilgan kitoblar va renessans davridagi kashfiyotlar xazinaxonasi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Kutubxona joylashgan KORPUS KRISTI kolleji 1352-yilda tashkil etilgan. Kutubxonaning nomi mashxur arxiyepiskop, o’z davrining o’ta saxovatli kishisi METTYU PARKER sharafiga qo’yilgan. METTYU PARKER 1574-yilda kutubxonaga 400 dan ortiq nodir qo’lyozma taqdim etgan. Kolleksiyada asosan mashxur anglo-sakson qo’lyozmalari mavjud, jamg’armadagi eng qadimiy qo’lyozma 890-yildagi anglo-sakson qo’lyozmasi hisoblanadi.

Kutubxona jamg’armasida qadimiy ingliz matnlari va o’sha davrdagi mashhur qo’shiqlarning mukammal nusxasi saqlanadi. Kutubxona foydalanuvchilari muxim anglo-normand matnlari va qadimiy inglizcha manuskriptlar to’plami bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega. Bu mashxur manuskriptlar Parijlik MATVEYning «Katta xronika» asariga tegishlidir.

Chetam (Chetham) kutubxonasi
Chetems kutubxonasi o’zining doimiy faoliyatini 1653 –yilda boshlagan. Kutubxona 16-17-asrlarga oid jurnallar, bosma manbalar va turli nashriyot maxsulotlarini o’zida jamlagan. Kutubxona joylashgan bino avvalroq o’sha davrdagi pomeshchik xonadoni bo’lgan. Keyinchalik bu bino o’g’il bolalar uchun maktab sifatida faoliyat ko’rsatgan. XAMFRI CHETEM bu binoni 1653-yilda sotib olganda bepul kutubxona o’z faoliyatini boshlagan. Biroz vaqt o’tgandan so’ng kutubxona boshqaruvchilari kutubxona fondini to’ldirish uchun qimmatli nashriyotlarni topishga kirishishgan. Kutubxona foydalanuvchilariga va tashrif buyuruvchilarga hamma xizmatlar bepul amalga oshirilgan.

Manchester markaziy kutubxonasi
Kutubxona binosi oval shaklda bo’lib, Manchester shahridagi “TOWN HALL EXTENSION” yaqinida joylashgan. Markaziy kutubxona manchesterdagi barcha 22 kutubxona va axborot xizmatining bosh shtab-kvartirasi hisoblanadi.

Bu kutubxona majoziy ma’noda noyob kitoblar va maxsus ko’ngilochar to’plamlari yig’ilgan xazinalar sandig’i hisoblanadi.Kutubxona fondida meditsina, siyosat,falsafa,tarix,san’at va boshqa fan soxalariga oid kitoblar to’plami bor. Markaziy kutubxonaning loyihasini VINSENT-HARRIS chizgan, kutubxonaning qurilishi 1930-34 –yillarga  to’g’ri keladi. Kutubxonaning tashqi ko’rinishi u qurilgan sanaga nisbatan juda qadimiyroq ko’rinadi, chunki kutubxona neoklassik uslubda qurilgan bo’lib, u mashhur rim arxitekturasiga taqlid qilingan holda Rimdagi PANTEON ning prototipi hisoblanadi. Arxitekturadan sal xabardor odam kutubxonaning 1-qavatiga kirganida buning yaqqol guvohi bo’ladi.

2011-yilda kutubxonani qayta ta’mirlash bo’yicha loyiha ishga tushgan va 2014- yilda qurilish ishlari yakunlangan. Shahar markaziy soveti bu qurilishga 170 mln yevro ajratgan.

Seeley tarixiy kutubxonasi
Seeley kutubxonasiSeeley tarixiy kutubxonasi Kembridj universiteti hududida joylashgan.Kutubxona 1807-yilda tashkil topgan va fondi 1000 ga yaqin kitobdan iborat bo’lgan. Hozirgi vaqtda kutubxona 300 talabaga mo’ljallangan va 95ming tomdan ortiq kitob zaxirasiga ega.

Seeley kutubxonasi Kembridj universitetining Tarix fakulteti binosida joylashgan va mashhur tarixchi va noshir Ser JONN ROBERT SEELEY sharafiga nomlangan. Bino loyihasini taniqli arxitektor JAMES STIRLING chizgan bo’lib, u nafisligi bilan nafaqat talabalarni balki sayyohlarning e’tiborini jalb etadi. Hozirgi vaqtgacha kutubxona Buyuk Britaniyadagi yirik kutubxonalardan biri bo’lib, faqat tarix sohasiga oid manbalardan iborat.

Universitetning ta’limga oid programmalarini qo’llab-quvvatlash kutubxonaning asosiy maqsadlaridan biridir. Talabalar ixtiyoriga juda keng tarmoqli matnlar, onlayn matnlar, audio kassetalar va vaqtli matbuot nashrlari xavola etilgan. Kutubxonada abonement bo’yicha turli tillarga oid kitoblar olish mumkin.

Avliyo Ioann” kolleji (St John’s College) eski kutubxonasi
Eski Avliyo Ioann kolleji kutubxonasi Kembridj universiteti hududida joylashgan. Kutubxona o’zining qadimiy arxitekturasi bilan mashxur bo’lishidan tashqari, Kam daryosi o’rtasida joylashgan.

Kutubxona 1623-28-yillar oraligida qurilgan bo’lib,uni qurilishiga xayriya pullari va kollejning 2 talabasi: Yepiskop Jon Uilyams va Linkolnning sa’y harakatlari sabab bo’lgan. 1516-yilda Avliyo Ioann kolleji ochilganda, uning kutubxonasi o’quv binosining 1-qavatida joylashgan. Kutubxona Yakob gotik uslubida qurilgan. Uning balandligi 35 metrni, kengligi 10 metrni tashkil etadi. Kutubxonaning 2ta katta oynasi o’zida Gotlar Uyg’onish davrining yaqqol namunasini ko’rsatadi, kutubxonaning old qismi Uyg’onish davri (Renessans) uslubida.
Kutubxona binosi 2 qismdan iborat: Eski kutubxonada qadimiy tarixiy qo’lyozmalarning katta qismi va noyob kitoblar va hujjatlar saqlanadi; bu qism muzey vazifasini bajaradi. Zamonaviy kutubxona qismi har kuni xizmat ko’rsatib, foydalanuvchilarga elektron kutubxonadan va internet xizmatlaridan foydalanishda katta yordam beradi.

Jon raylends (John Rylands) kutubxonasi

JON RAYLENDS kutubxonasi Manchester shahrida joylashgan bo’lib, 1900-yilda foydalanishga topshirilgan. DEANSGATE rayonidagi bu kutubxona gotik uslubda qurilgan.

Kutubxona devorlari Kambiriy tuprog’idan qurilgan.Binoda yaxshi havo aylanishi uchun ventilyatsiya sistemasi ishlaydi,undan tashqari namlik va changni oldini olish uchun maxsus filtrli sistema mavjud.O’quv zalida mashhur alloma va shaxslarning portret va haykallari qo’yilgan.

Kutubxonada Buyuk Britaniyaning qimmatli kolleksiyasi saqlanib kelinadi, bular o’rta asrlarga oid manuskriptlar va ilk yevropa bosma nashrlari hisoblanadi.

Kutubxona 1900-yilda Enriketa Avgustina Raylends tomonidan marhum eri xotirasiga atab ochilgan. Uning marhum turmush o’rtog’I Jon Raylends taniqli britaniyalik tadbidkor va filantrop, Birlashgan qirollik tekstil konserni raxbari va Manchesterning 1-multimilliarderi bo’lgan.Bino arxitektor Bezil Chempnis loyihasi asosida qurilgan. Manchester o’sha davrda yirik sanoat shahri bo’lib,atmosfera iflos va zaxarli gazlar bilan to’la bo’lgan. Kitoblarni bulardan asrash maqsadida binoda maxsus ventilyatsiya sistemasi va filtrlar bo’lgan, maxsus elektr lampalar binoni yoritgan. Georg Jon Spenser tomonidan kutubxonaga 40ming tomdan ortiq kitoblar sotib olib kelingan.Kutubxonada o’ta kamyob kitoblar saqlanadi.Bularga 1-bosma Gutenberg bibliyasi, papiruslar to’plami va boshqa nodir nusxalar mavjud.

Portiko (Portico) kutubxonasi
Portiko kutubxonasi 1806-yilda tashkil topgan bo’lib, Manchester axolisi uchun jamoat kutubxonasi va san’at markazi vazifasini bajargan. 2 asrdan buyon bu kutubxona o’zining nafisligi bilan adabiyot va san’at ishqibozlarining e’tiborini jalb etadi.

PortikoBino arxitektor Xarrison tomonidan grek uygonish davri uslubida loyihalangan. Uning tesa tuprog’idan qurilgan devorlari hamon eski holatini saqlab qolgan.Bino old qismini 4ta uchburchak shaklidagi yozuvli Dorn ustunlari bezab turadi.

Binoning o’ta ixcham, nozik did bilan qurilganiga qaramasdan u madaniy nodir asarlarning ombori hisoblanadi.Kutubxonada 19-asrga tegishli 25000 tomdan ortiq nodir asarlar to’plangan. Kutubxonada stuldan tortib to kutubxona bo’limlarining tashqi ko’rinishi shunchalik nozik did bilan ishlanganki, kutubxonaga kirgan foydalanuvchi o’zini 19-asr madaniyatiga tushib qolganday his qiladi.

1987-yilda Kutubxonaning shishadan yasalgan jozibador gumbazi ostida galereya ochildi. O’sha vaqtdan buyon bu yerda yosh iste’dodli ijodkorlardan tortib to tajribali san’at namoyondalarining asarlari ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Kutubxonani tashkil etgan insonlarning talabiga binoan kutubxona va galereyada bepul xizmatlar amalga oshiriladi.

Bodlian (Bodleian) kutubxonasi
Bodlian kutubxonasi Kembridj universiteti kutubxonalaridan biri bo’lib,hozirda Buyuk Britaniyanidagi eng katta kitoblar to’plami saqlanadigan kutubxona maqomi uchun kurash olib borayotgan kutubxona sanaladi. Rasman 1610-yildan buyon Buyuk Britaniyadagi barcha nashriyotlardan yangi kitob nusxasini olish huquqiga ega bo’lgan.

Kutubxona qirolicha Yelizaveta davrida  yashagan va o’sha davrdagi diplomatik aloqalarni yo’lga qo’yuvchi ser Tomas Bodli sharafiga qo’yilgan. Bundan tashqari uning tashkil topishida muhim rol o’ynagan yepiskop Tomas de Kobemni ham aytib o’tish kerak, u universitet qoshida zanjirlar yordamida mahkamlangan kitoblar jamlanmasini tashkil etgan, bundan maqsad kitoblarni binodan tashqariga ko’chirishni oldini olgan.

Bodlian Library1410-yilda kutubxona butunlay universitet tasarrufiga o’tdi, keyinchalik universitetning kengaytirilishi sababli kutubxonaga gersog Xamfri Glosterskiy mas’ul etib tayinlandi. Uning mexnatlari sabablari 1450-yilda kutubxona keng va qulay holatga keldi va hozirgacha saqlanib qolgan. Tyudorlar hukmronligi davrida Eduard 6 kutubxona ayanchli davrni boshdan kechirdi. Barcha kitoblar tarqatilib yuborildi,hatto kitob javonlari sotilish darajasiga yetgan.

1602-yilda Tomas Bodli kutubxonani qayta shakllantirdi,bundan tashqari o’zining kitoblar kolleksiyasini ham qo’shdi. U asosan kutubxonaga Turkiya va Xitoydan kitoblarni sotib olib kelgan.

Hozirda kutubxona Brod-strittdagi 5ta binoda faoliyat ko’rsatadi,bundan tashqari uning filiallari Oksfordda va boshqa hududlarda joylashgan.

Kutubxona qaydlarida yozilishicha, kutubxonaning har bir foydalanuvchisi kutubxonaning tartib-qoidalariga rioya etishga, kutubxona binosini iflos qilmaslikka va kutubxonadan hech narsa olib ketmaslikka o’z ona tillarida qasamyod qilishlari shart. Bundan tashqari kutubxona bo’ylab ekskursiyalar o’tkaziladi, ekskursiyada kutubxona tarixi va fondi haqida ma’lumot beriladi.

Комментарии

Eng ko'p o'qilganlar

Kitob haqida hikmatli so'zlar

Kutubxonalar haqida eng qiziq faktlar

KUTUBXONA FAOLIYATIDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY TUSHUNCHALAR