AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARI FONDIDA SAQLANADIGAN RESURSLAR
Har bir kutubxona mavjud fondini saqlashni, foydalanishni ta’minlaydi va shakllantirib boradi. Fond tarkibiga qoidaga ko‘ra davriy, davriy bo‘lmagan va davomli nashrlar, qo‘lyozmalar, audiovizual, elektron hujjatlar kiradi. Davriy bo‘lmagan nashrlar – bir marta chiqadigan, davomli bo‘lmagan nashr. Ba’zi qimmatga ega bo‘lgan bu turdagi nashrlar qayta bosmadan chiqarilishi mumkin, lekin bu oldindan rejalashtirilmaydi. Davriy bo‘lmagan nashrlar shakli, maqsadi va matn tarkibi bo‘yicha farqlanadi. Davriy bo‘lmagan nashrlar ko‘p hollarda kitob va broshyura shaklida bo‘ladi. Kitob ko‘rinishidagi nashrlar - muqovali yoki muqova qilingan holatdagi 48 varaqdan ko‘p bo‘lgan kitob nashri. Broshyura – 4 varaq va 48 varaqdan ko‘p bo‘lmagan ko‘rinishdagi kitob nashri, yumshoq muqovada chop etiladi. Bosma nashr – bosib chiqarish yoki bosma naqsh tushirish yo‘li bilan olingan, matbaa usulida mustaqil rasmiylashtirilgan nashr. Elektron nashr – foydalanish uchun hisoblash texnika vosi...