AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARI FONDIDA SAQLANADIGAN RESURSLAR
Har bir kutubxona mavjud fondini saqlashni, foydalanishni
ta’minlaydi va shakllantirib boradi. Fond tarkibiga qoidaga ko‘ra davriy, davriy
bo‘lmagan va davomli nashrlar, qo‘lyozmalar, audiovizual, elektron hujjatlar kiradi.
Davriy bo‘lmagan nashrlar – bir marta chiqadigan, davomli bo‘lmagan nashr. Ba’zi
qimmatga ega bo‘lgan bu turdagi nashrlar qayta bosmadan chiqarilishi mumkin, lekin
bu oldindan rejalashtirilmaydi. Davriy bo‘lmagan nashrlar shakli, maqsadi va matn
tarkibi bo‘yicha farqlanadi. Davriy bo‘lmagan nashrlar ko‘p hollarda kitob va broshyura
shaklida bo‘ladi.
Kitob ko‘rinishidagi nashrlar - muqovali yoki muqova qilingan holatdagi 48 varaqdan ko‘p bo‘lgan kitob
nashri.
Broshyura – 4 varaq va 48 varaqdan
ko‘p bo‘lmagan ko‘rinishdagi kitob nashri, yumshoq muqovada chop etiladi.
Bosma nashr – bosib chiqarish
yoki bosma naqsh tushirish yo‘li bilan olingan, matbaa usulida mustaqil rasmiylashtirilgan
nashr.
Elektron nashr – foydalanish uchun
hisoblash texnika vositalari zarur bo‘lgan nashr.
Maxsus ko‘rinishga ega ko‘p qismli nashrlar, bir qancha kitob va broshyuralardan tashkil topgan bo‘lib, (masalan, maqsadi,
mundarijasi bo‘yicha) umumiy bir sarlavha ostida bir xil qoida asosida chiqariladi. Davriy bo‘lmagan nashrlarga
yana izonashrlar, nota va kartografik va yana bir qancha nashrlar mansub hisoblanadi.
Izonashrlar tasviriy san’atga
oid nashr hisoblanib, unda rasmlar va unga taalluqli matn ifoda etiladi. Reproduksiyalar, plakatlar va boshqa izonashrlar alohida
varaqlar yoki albom ko‘rinishida chop etiladi.
Nota nashrlarda musiqa ohanglari saqlanadi,
kartografiyada esa – Er va boshqa samoviy
jismlarning an’anaviy tasviri aks ettiriladi.
Davriy nashr – aniq vaqt oraliqlarida
chiqadigan, odatda, har bir yil uchun doimiy raqam soni (chiqarish)ga ega, ma’no
jihatdan takrorlanmaydigan, bir turda rasmiylashtirilgan, bir xil sarlavhali raqamlangan
va (yoki) sanasi qo‘yilgan chiqarishlarga ega seriyali nashr.
Izoh: Davriy nashr kundalik, haftalik, oylik, choraklik,
yillik bo‘lishi mumkin.
Gazetalar - vaqtning uzoq
davom etmaydigan oraliqlari o‘rtasida chiqadigan, rasmiy materiallar, tezkor axborot
va dolzarb ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ishlab chiqarish va boshqa masalalar bo‘yicha
maqolalar, shuningdek, badiiy asarlar va reklamadan iborat davriy gazeta nashri.
Izoh:
1. Gazeta, shuningdek, muayyan tadbirlar bilan chegaralangan
qisqa muddat davomida bosib chiqarilishi ham mumkin.
2. Gazeta ilovaga ega bo‘lishi mumkin.
Umumsiyosiy gazeta – mamlakatning ichki
va tashqi siyosati masalalarini, shuningdek, xalqaro hayotni tizimli ravishda yoritadigan gazeta.
Izoh: nashr va tarqatilish joyi bo‘yicha quyidagi gazetalar
farqlanadi: xalqaro, respublika, shuningdek, o‘lka,viloyatlar, shahar, tuman.
Ixtisoslashtirilgan gazeta – ijtimoiy
hayot, fan, texnika, madaniyat va faoliyatning boshqa sohalaridagi alohida muammolarni tizimli
ravishda yoritadigan va kitobxonningmuayyan toifalariga mo‘ljallangan gazeta.
Maxsus gazeta nashri – kitobxonga zarur
axborotni tezkorlik bilan etkazish uchun asosiy gazetaning chiqish yoki ijtimoiy tahririyati
tomonidan tayyorlangan, nashrning joriy va umumiy raqamlari, yili, sanasiga ega
bo‘lgan, cheklangan muddat ichida bosilib chiqadigan gazeta.
Jurnal – doimiy turkumga ega bo‘lgan
va turli masalalar bo‘yicha maqolalar yoki referatlarni va adabiy-badiiy asarlarni o‘z ichiga
oladigan davriy jurnal nashri.
Izoh: Jurnal ilovaga ega bo‘lishi mumkin.
Ilmiy jurnal – nazariy tadqiqotlar
to‘g‘risidagi maqolalar va meteriallarni, shuningdek, ilmiy xodimlar uchun mo‘ljallangan amaliy
xarakterdagi maqola va materiallarni o‘z ichiga olgan jurnal.
Izoh:
1. Maqsadli vazifasiga ko‘ra quyidagi jurnallar ajratiladi:
ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy va ilmiy-uslubiy.
2. Texnik fanlar bo‘yicha maqolalar, materiallar, referatlarni
o‘z ichiga olgan ilmiy-amaliy jurnal ilmiy-texnik jurnal deb ataladi.
Ilmiy-ommabop jurnal – fanlar asoslari
to‘g‘risida, nazariy va (yoki)
fan, madaniyat sohalaridagi va amaliy faoliyatdagi eksperimental tadqiqotlar to‘g‘risidagi
maqolalar va materiallarni
o‘z ichiga olgan bilimlarni tarqatish va mustaqil ta’lim olishga xizmat qiladigan jurnal.
Izoh: Bolalar uchun ilmiy-ommabop jurnallar chop etiladi.
Adabiy-badiiy jurnal – badiiy adabiyot
asarlari, shuningdek, publitsistik va tanqidiy maqolalar va materiallarni o‘z ichiga
olgan jurnal.
Ijtimoiy-siyosiy jurnal – keng kitobxonlar
davrasi uchun mo‘ljallangan,
dolzarb ijtimoiy-siyosiy mavzudagi maqolalar va materiallarni o‘z ichiga olgan jurnal.
Izoh: kitobxon manziliga bog‘liq ravishda ijtimoiy-siyosiy
nashrlar yoshlar, ayollar, kitobxonlarning maxsus toifalari
uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish amaliy jurnal – texnologiya, texnika, iqtisodiyot, ishlab chiqarishni tashkil etish yoki amaliy
faoliyat bo‘yicha maqolalar va materiallarni, muayyan soha xodimlari uchun mo‘ljallangan
uslubiy qo‘llanmalarni o‘z ichiga olgan jurnal.
Ommabop jurnal – turli masalalar
bo‘yicha maqolalar va materiallarni o‘z ichiga olgan va keng kitobxonlar davrasi
uchun mo‘ljallangan jurnal.
Referativ jurnal – jurnal sifatida
rasmiy ro‘yxatga olingan davriy referativ nashr.
Axborot byulleteni – tezkor ravishda
chiqariladigan, uni chop etuvchi tashkilotning yuritish doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha
qisqa rasmiy materiallarni o‘z ichiga olgan davriy yoki davomli nashr. Muassasa faoliyatidagi asosiy voqealar aks ettiriladi. Uning
hajmi yangiliklar oqimi bilan tartibga solinadi. Tayyorlanish davriyligi bo‘yicha byulleten har
kuni, haftada, yilda, oyda
bir marotaba chiqarilishi mumkin. Manzili bo‘yicha byulleten tuman (shahar) ichidagi
jurnalistlar, OAV vakillari, mahalliy
nashrlar uchun mo‘ljallangan.
Izoh: 1. Davriy byulletenlar odatda doimiy rubrikatsiyagaega.
2. Ayrim hollarda byulletenlar muayyan tadbir bilan chegaralangan
qisqa muddat ichida chiqarilishi mumkin.
Byulleten-jadval – jadval shaklida joylashtirilgan faktik ma’lumotlarga
ega bo‘lgan byulleten.
Statistik byulleten – mazmuni jamiyatning
hayoti va faoliyatining muayyan
sohasini tavsiflovchi tezkor statistik ma’lumotlarni tashkil etadigan byulleten-jadval.
Byulleten-xronika – nashr etuvchi
tashkilotning faoliyatini aks ettiruvchi xabarlarni o‘z ichiga olgan byulleten.
Normativ byulleten – normativ, direktiv
yoki yo‘riqnoma xarakterdagi materiallarni o‘z ichiga olgan, odatda, biron-bir davlat
organi tomonidan chiqariladigan byulleten.
Reklama byulleteni – buyumlar, xizmatlar,
tadbirlarga bo‘lgan talabni hosil
qilish maqsadida, e’tiborni o‘ziga tortadigan shaklda ifodalangan ular to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan byulleten.
Davomli nashr – material yig‘ilishiga
ko‘ra aniq bo‘lmagan vaqt oralig‘ida chiqadigan, ma’no jihatidan takrorlanmaydigan,
bir turda rasmiylashtirilgan, umumiy sarlavhali raqamlangan va (yoki) sanasi qo‘yilgan chiqarishlarga ega
seriyali nashr.
Комментарии
Отправить комментарий