Darsliklarni ijaraga berish to'g'risida SHARTNOMA
Umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash
tartibi
to'g'risidagi nizomga
6-ilova
Darsliklarni
ijaraga berish to'g'risida
SHARTNOMA
___________ tumani (shahri)
20___yil “____”_____________.
Bir
tomonidan _________________________________________________________________________
nomidan
(umumta'lim maktabi joylashgan tuman (shahar),
umumta'lim Maktabining raqami (nomi)
ustav asosida
ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Ijaraga beruvchi” deb yuritiluvchi
_________________________ shaxsida hamda ikkinchi tomondan ta'lim _________ tilida
olib boriladigan ____-sinf o'quvchisining
ota-onasi yoki ularning
o'rnini bosuvchi shaxs yoxud homiy, bundan bundan buyon matnda “Ijaraga oluvchi”
deb yuritiluvchi _______________________________________________________ mazkur
shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1.
Ijaraga beruvchi, 20______/20______ o'quv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun
mazkur Shartnomaning
1.2-bandida
ko'rsatib o'tilgan darsliklar to'plamini Ijaraga oluvchiga beradi, Ijaraga oluvchi
esa, mazkur Shartnomaning 2.1 va 2.2-bandlarida ko'rsatilgan miqdorda va muddatlarda
ijara to'lovini to'lash va 20____ yil _________________________ gacha darsliklar
to'plamini foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2.
Mazkur Shartnomaning predmeti bo'lgan darsliklar to'plami Ijaraga oluvchiga
foydalanishga
yaroqli
holatda quyidagi nomlarda va miqdorda beriladi:
______________________________________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________________
II. IJARA TO'LOVINI TO'LASH TARTIBI VA MUDDATLARI
2.1.
Mazkur Shartnomaning 1.2-bandida ko'rsatib o'tilgan darsliklar to'plamidan
foydalanganlik uchun
Ijaraga
oluvchi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika
maqsadli kitob jamg'armasi Vasiylik kengashi tomonidan 20____/20_____ o'quv
yiliga jami ____________ so'm miqdorida belgilangan ijara to'lovini Ijaraga
beruvchiga to'laydi.
2.2.
Ijara to'lovi mablag'lari to'liq hajmda joriy o'quv yilining 30 sentyabrdan kechiktirmagan
holda to'lanadi.
Ijaraga
oluvchi pul mablag'lari vaqtinchalik yo'qligi sababli, ijara to'lovi muddatini
uzaytirish to'g'risida umumta'lim maktabi ma'muriyatiga murojaat qilishi
mumkin. Bunda ijara to'lovi muddati umumta'lim maktabi vasiylik kengashi qarori
va direktor buyrug'i bilan uzaytiriladi. Ijara to'lovi muddati uzaytirilgan
taqdirda, mazkur to'lovning 50 foizi joriy yilning 30 sentyabrigacha, qolgan
qismi esa, 30 noyabrgacha to'lanishi lozim.
III. TOMONLARNING HUQUQLARI
3.1. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
3.1.1.
Ijara to'lovining mazkur Nizomning 2.1 va 2.2-bandlarida nazarda tutilgan
miqdorda, tartibda va muddatda to'lanishini Ijaraga oluvchidan talab qilish;
3.1.2.
Ijaraga oluvchining aybi bilan darslik yo'qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz
holatga kelib qolganda, zararni xuddi shunday darslik bilan qoplashni yoki
uning qiymatini mazkur Shartnomaning
4.2.4-bandida
ko'rsatilgan tartibda to'lashni talab qilish;
3.1.3.
Ijara to'lovi muddatini uzaytirish.
3.2. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
3.2.1.
Ijara to'lovini to'laganidan keyin, Ijaraga beruvchidan tegishli darsliklarni
foydalanishga yaroqli bo'lgan holatda va to'liq to'plamda Ijaraga beruvchidan
talab qilish;
3.2.2.
Ijara to'lovi muddatini uzaytirish to'g'risida Ijaraga beruvchiga murojaat
qilish;
3.2.3.
Mazkur Shartnomaning 2.1-bandida ko'rsatib o'tilgan ijara to'lovi summasini
Ijaraga beruvchining yoki tegishli bankning kassasiga naqd pul mablag'larini
to'lash yoki Ijaraga beruvchining shaxsiy g'azna hisobvarag'iga pul o'tkazish
yo'li bilan to'lash.
IV. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
4.1. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:
4.1.1.
Ijara to'lovi to'langandan keyin, mazkur Shartnomaning 1.2-bandida ko'rsatib
o'tilgan darsliklar to'plamidan 20____/20____ o'quv yilida vaqtinchalik
foydalanish uchun Ijaraga oluvchiga berish;
4.1.2.
Ijaraga oluvchini ijara to'lovi miqdorlari, darsliklar to'plamlarini ijaraga
berish va ijara to'lovini to'lash tartibi, shuningdek darsliklar to'plamlaridan
foydalanish shartlari va muddatlari to'g'risida ma'lumotlar bilan ta'minlash.
4.2. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:
4.2.1.
Mazkur Shartnomaning 2.1 va 2.2-bandlarida ko'rsatib o'tilgan miqdorda va
muddatlarda ijara to'lovini to'lash;
4.2.2.
Olingan darsliklar to'plamining to'liq va foydalanishga yaroqli holatda
saqlanishini ta'minlash;
4.2.3.
Darsliklar to'plamini foydalanishga yaroqli holatda Ijaraga beruvchiga
qaytarish;
4.2.4.
Darsliklar yo'qolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelib
qolgan holatlarda zararni xuddi shunday darslik bilan qoplash yoxud uning
birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko'rsatilgan qiymatini
quyidagi miqdorlarda to'lash:
birinchi
sinf o'quvchilarining har bir darsligi uchun – uning bir baravari miqdorida;
2–4-sinf
o'quvchilarining har bir darsligi uchun – uning uch baravari miqdorida;
5–11-sinf
o'quvchilarining har bir darsligi uchun – uning besh baravari miqdorida.
V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5.1.
Mazkur Shartnoma bo'yicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar
shartnoma shartlari va qonun hujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.
5.2.
Tomonlar bartaraf etib bo'lmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu
shartnoma bo'yicha majburiyatlarni qisman yoki to'liq bajarmaganliklari uchun
javobgarlikdan ozod etiladi.
VI. NIZOLARNI BARTARAF ETISH
6.1.
Mazkur shartnomaning amal qilishi davomida vujudga kelgan nizolar tomonlar
orasida muzokaralar olib borish yo'li bilan hal qilinadi.
6.2.
Nizolarni hal qilishda kelishuvga erishilmagan taqdirda, ular qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
VII. YAKUNIY QOIDALAR
7.
Mazkur shartnoma bilan tartibga solinmagan o'zaro munosabatlar qonun
hujjatlariga asosan hal qilinadi.
8.
Mazkur shartnoma _____
ta asl nusxada tuzildi.
VIII. TOMONLARNING REKVIZITLARI
Ijaraga
beruvchining raqami (nomi):
__________________________________________
Manzili:
_______________________________
telefon
/faks: ____________________
Shaxsiy
g'azna hisobvarag'i:
_________________________________
MFO:
____________________________
STIR: ___________________________
XXTUT:
__________________________
Ijaraga oluvchining*
F.I.O.
___________________________________________
Manzili:
____________________________________
Pasport
seriyasi, raqami, kim tomonidan va
qachon
berilgan:
________________________________________________________________________________________
O'quvchiningF.I.O.
____________________________________________
TOMONLARNING IMZOLARI
Ijaraga
beruvchi: __________________
(lavozim, F.I.O., imzo)
M.O'.
20___ yil
___ ___________
Ijaraga oluvchi:
___________________________
(F.I.O., imzo)
20___ yil
___ ___________
Izoh: * Ijaraga oluvchi
yuridik shaxs bo'lsa, uning rekvizitlari ko'rsatiladi.
Комментарии
Отправить комментарий