“Eng yaxshi kitobxon ta’lim muassasasi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida. NIZOM
NIZOM
Mazkur Nizom Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi
boshqarmasi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasida “Eng yaxshi
kitobxon ta’lim muassasasi” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini
belgilaydi.
І.
Umumiy qoidalar
1.1 Ko‘rik-tanlov joriy yilning aprel
oyida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kitobxon o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Tanlovni o‘tkazishda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tassarufidagi viloyat bolalar
kutubxonasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi hududiy boshqarmasi
tasarrufidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mas’ul.
1.2 Tanlovning o‘tkazilish jarayoni S.Nasafiy
nomli viloyat axborot kutubxona markazi tizimidagi shahar, tuman axborot-kutubxona
markazlari shahar, tuman xalq ta’limi bo‘limlari
bilan hamkorlikda (kelishuv asosida) tashkillashtiriladi va muvofiqlashtiriladi.
1.3.Ko‘rik-tanlovni tashkil etish
va o‘tkazish oshkoralik, xolislik, tenglik tamoyillariga asoslangan holda amalga
oshiriladi.
ІІ
Ko‘rik-tanlovning maqsad va vazifalari.
2.2.O‘quvchilarga
milliy va jahon adabiyotini tizimli targ‘ib qilish orqali ularning qalbida vatanparvarlik,
ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat
uyg‘otish hamda axborot olish madaniyatini shakllantirish.
2.3.Maktab kutubxonasining ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtirokini faollashtirish, maktab,
oila, mahalla hamkorligini yanada kuchaytirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish.
2.4.Ko‘rik-tanlovning
vazifasi o‘quvchilar o‘rtasida badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini
oshirish orqali keksa avlodga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.
ІІІ. Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish tartibi
3.1.Ko‘rik-tanlov
ikki bosqichda o‘tkaziladi: 1-bosqich-shahar, tuman bosqichi: barcha tuman, shahar ta’lim muassasalarining 7-10-sinf o‘quvchilar
o‘rtasida joriy yilning 1-15 aprel kunlari
davomida o‘tkaziladi va eng yuqori balni qo‘lga kiritgan 1 ta maktabning 4 nafar
o‘quvchisidan iborat jamoa shakllantiriladi va tanlovning viloyat bosqichiga tavsiya
etiladi.
Tanlovni
tuman, shahar bosqichini o‘tkazish joyi va vaqti tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari
tomonidan belgilanadi.
3.2. Ko‘rik-tanlovning
viloyat bosqichi 23 aprel kuni Qarshi shahridagi S.Nasafiy viloyat axborot-kutubxona
markazida o‘tkaziladi.
3.3. Hududiy
bosqichlarni tashkil etish va o‘tkazishda tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari
darsliklar bo‘yicha uslubchilar va tuman, shahar axborot-kutubxona markazlariga
yuklatiladi.
ІV.
Ko‘rik-tanlov shartlari va baholash mezonlari.
Ko‘rik-tanlov
ishtirokchilari hakamlar Hay’ati tomonidan 100 ballik tizimda baholanadi.
Jamoa a’zolari 3 ta shart bo‘yicha bellashadilar:
4.1. 1-shart: Tanishtirish.
Ishtirokchi o‘zi ta’lim-tarbiya olayotgan
ta’lim muassasasi haqida ma’lumot beradi. Belgilangan vaqt 3 daqiqa. Ushbu shartga
30 ballgacha baho qo‘yiladi.
4.2.2-shart:
Savol-javob viktorinasi. Bu shartda o‘zbek va jahon adabiyotidan savollar berish
orqali o‘quvchilarning kitobxonlik darajasi aniqlanadi.
Tuman, shahar bosqichida
15 dona (10dona o‘zbek adabiyotidan, 5 dona jahon adabiyotidan), viloyat bosqichida 20 dona (15 dona o‘zbek adabiyotidan,
5 dona jahon adabiyotidan) badiiy kitoblar haqida tuzilgan savollar orqali g‘oliblar
aniqlanadi. Bitta savolga javob uchun 2 daqiqadan vaqt ajratiladi. 40 ballik tizimda
baholanadi.
4.3. 3-shart: Kitobxonlikni targ‘ib
qilish.
Tanlovning 1 nafar ishtirokchisi bolalarga
kitobning afzalliklarini, kitobxonlikni targ‘ib
qiluvchi fikrlarini aytadi. Bolalarning
qalbida kitobga nisbatan mehr va muhabbat o‘yg‘otish darajasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga harakat kiladi. Belgilangan
vaqt 5 daqiqa. Shart 30 balli tizimda baholanadi.
V. G‘oliblarni taqdirlash
5.1. Tanlov shartlari bo‘yicha yuqori ball to‘plagan 3 ta ta’lim muassasasi
(ballariga mos ravishda 1-2-3-o‘rin) g‘olib deb elon qilinadi.
5.2. G‘olib bo‘lgan ta’lim muassasalari
“Faxriy yorliq”lari hamda homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Комментарии
Отправить комментарий