Qanday qilib effektiv tarzda kitob o‘qish mumkin?


 Kitob sizni butun diqqatingizni jamlashingiz uchun qanday bo‘lishi kerak? Qanday qilib o‘qiganingizni uzoq vaqt xotirada saqlab qolish mumkin?

1. Kitoblar ro‘yxati

Juda ko‘plab odamlar kitoblarga o‘zgacha tashnalik bilan qaraydi. Biz kitoblarni sotib olaveramiz, ularni javonlarga to‘playveramiz. Lekin ko‘pincha o‘qimaymiz. O‘qilmagan kitoblar ko‘payib borishi insonni o‘qishga bo‘lgan tashnalikni oz bo‘lsa ham susayishiga olib keladi. Kitoblarni ko‘plab sotib olish kerakmas. Bitta yoki ikkita yetarli. Agarda, baribir sotib olish yoqsa, o‘qimoqchi bo‘lgan kitoblaringiz ro‘yxatini tuzing va qat‘iy o‘sha ro‘yxatga amal qiling.

2. 50 sahifa qoidasi.

Keraksiz kitoblarni o‘qish uchun hayotimiz juda ham qisqalik qiladi. Zerikarli va foydasiz kitoblardan tezroq uzilishga  harakat qiling. Kitob qandayligini bilish uchun uning 50 sahifasini o‘qish yetarli. Agar o‘sha sahifalar davomida sizni o‘ziga torta olmadimi, demak bu kitob sizniki emas. 

3. Kim yozgan va nima haqida yozilgan.

Kitobni o‘qishdan oldin u haqda tanishib chiqing. Muallif va kitob haqidagi fikrlarni o‘qing. O‘qishdan oldin o‘zingizga savol bering, kitobdan nima o‘rganmoqchiman? Qaysi muammolarimni yechishga yordam beradi bu kitob? Bu savollar kitobni har bir sahifasini diqqat bilan o‘qishingizga, har bir satrdan o‘zingizga nimadir olishga harakat qilishingizga turtki beradi.

4. Qalam bilan o‘qing yoki yozib boring.

Kitob o‘qiyotgan vaqtingizda qalam bilan o‘zingziga kerakli joylarni belgilab boring. Kitobga hech nima tekkizishni istamaydigan kitobxonlar ham bor. Ularga esa kerakli gaplarni yon daftarchaga yozib borishni tavsiya etamiz. Kitob - ma‘nolar xazinasi. Undan foydali gaplarni yig‘ib borish ham zavqli mashg‘ulot hisoblanadi. 

5. Bir kunda kamida 30 bet. 

Har bir insonda o‘zining o‘qish ritmi bor. ‘‘Marafonchilar‘‘ bitta kitobni bir oyda tugatishadi. ‘‘Sprinterlar‘‘ esa bitta kitobni bir necha kunda tugatishi mumkin. Ammo hammada vaqt masalasi har xil. Shunday ekan sizga oddiy va qulay qoida yordam beradi. Bir kunda 30 sahifadan kam o‘qimang. Bu sizga kitobni bir haftada tugatish uchun yordam beradi. Bir yilda 60 ga yaqin kitob o‘qib qo‘yasiz. Zo‘r natija! 

6. Janrlarni almashtirib turish.

Har bir kitobxonda o‘zining sevimli janri bor. Lekin faqat detektivlarga yoki bisnes adabiyotalarga berilib ketish, sizni bitta qolipga tashlab qo‘yadi. Boshqa janrdagi eng zo‘r asarlarga ham qiziqmay qo‘yasiz. Bunday paytda janrlarni almashtirib turish zarur. Masalan, non-fikshndan keyin rus klassikasini o‘qing. Undan keyin esa fantastikani, keyin detektiv. Albatta, ketma-ketlikni o‘z ta‘bingizga qarab tuzib olishingiz ham mumkin.

7. O‘qiganlaringiz haqida yozing.

Agarda kitob sizga yoqsa, undagi sitatalar, foydali gaplar, kitob haqidagi fikrlaringiz yig‘ilib qoladi. Bu esa juda qimmatli ma‘lumotlar sanaladi. Uni ‘‘sandiq‘‘da saqlash kerakmas. O‘zingizga kundalik tutib oling. O‘qigan kitobingiz haqida retsenziya yozing, sitatalarni yozing. Bu uchun nafaqat kundalik, balki, feysbuk kabi tarmoqlar ham sizga foydali. Yozganlaringizni barcha bilan ulashing. Siz kitobni analiz qilishingiz uchun aynan adabiyotshunos bo‘lishingiz shartmas, ishoning. Boshqalar bilan ulashishingiz ularga ham bu kitob haqida qiziqish uyg‘otishingizga yordam beradi.

8. O‘qiganlaringizni prezentatsiya (taqdimot) qiling. 

O‘qilgan kitob yoddan ko‘tarilmasligi uchun uni do‘stlaringizga aytib bering. Kitob haqida oila a‘zolaringizga, do‘stlaringizga ‘‘seminarlar‘‘ o‘tib berishingiz mumkin.

Комментарии

Eng ko'p o'qilganlar

Kitob haqida hikmatli so'zlar

Kutubxonalar haqida eng qiziq faktlar

KUTUBXONA FAOLIYATIDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY TUSHUNCHALAR