Adiblar haqida siz bilmagan faktlar!


Uilyam Shekspir tug‘ilgan kunida o‘lgan. Ammo boshqa-boshqa yillarda – 1564 yil 23 aprelda tug‘ilgan va oradan 52 yil o‘tib 23 aprel kuni  vafot etgan.

*1616 yil 23 aprelda  Shekspir bilan bir kunda yana bir buyuk yozuvchi,  «Don Kixot» kitobi muallifi  – Migel de Servantes hayotdan ko‘z yumgan.

*Shekspir zamondoshlari uni brakonyerlik bilan shug‘ullanganini aytishgan. U ser Tomas Lyusining quroli bilan ohu ovlagan. Ser Tomasning esa  qurol saqlash uchun ruxsatnomasi bo‘lmagan.

*Bayron nihoyatda sermuhabbat bo‘lgan, u oqsoqligi va xo‘pasemizligiga qaramay, Venesiyada bir yilning o‘zida 250 ta ayolning muhabbatini qozongan.

*Charlz Dikkensning bolaligi juda og‘ir kechgan. Uning otasi qarzdorligi bois turmaga tushib qolgandan keyin kichkina Charli etikmoy fabrikasiga ishga kirgan. Tengdoshlari ko‘cha changitib o‘ynab yurganda u ertalabdan kechgacha etikmoy idishlariga yorliq yopishtirgan. Shuning uchun uning asarlaridagi baxtiqaro yetimlar obrazi o‘ta ishonarli chiqqan.

*1857 yil Dikkensning uyiga Gans Xristian Andersen mehmonga keladi. Andersen va Dikkens 1847 yil tanishadi. Ularning tabiati bir-biriga mos kelib qoladi. Oradan o‘n yil o‘tib Andersen uning o‘sha vaqtdagi taklifini qabul qilib mehmonga keladi. Baxtga qarshi, bunga qadar Dikkensning hayotida talay o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lib u mehmon kutadigan ahvolda emas edi. Aksiga olib  Andersen unikida deyarli besh hafta qoladi.  “U daniya tilidan boshqa hech qaysi tilni bilmaydi, menimcha, u o‘sha tilni ham yaxshi bilmasa kerak”, deydi o‘z mehmoni haqida Dikkens do‘stlariga. Bechora Andersen ketganidan so‘ng Dikkensning otasi uning xonasiga  “Gans Andersen bu xonada besh hafta qoldi. Ana shu vaqt bizning oilaga yillardek uzoq tuyildi” deb yozib qo‘yadi.

*Oskar Uayld Dikkensning asarlarini jiddiy qabul qilmagan va har doim uning ustidan kulib yurgan. Umuman, tanqidchilar Charlzu Dikkensni britaniyalik sara yozuvchilar sirasiga kirmaydi deb har doim ta’kidlab yurishgan.

*Ammo Dikkensni oddiy kitobxonlar sevgan – 1841 “Qadimgi do‘kon” asarining oxirgi bobini Nyu-Yorkka olib borganda uni portda olti ming kishi kutib oladi va teploxoddan tushayotganlarga qarab hammasi: “Kichkina Nell o‘ladimi?” deb baqiradi.

*Charlz Dikkens haykal va yodgorliklarni jinidan yomon ko‘rgan va o‘ziga ularni qo‘ymasliklarini vasiyat qilgan. Unga qo‘yilgan yagona bronza haykal Filadelfiyada. Darvoqe, yozuvchining oilasi bunga dastlab qarshilik qilgan edi.

*Balzak bir kunda turk qahvasidan 50 chashkagacha ichardi. Agar qahva qaynatishning iloji bo‘lmasa, Balzak qahvani qurug‘icha og‘ziga tashlab olardi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, “Inson komediya”sini yozguncha u 15 ming chashka o‘tkir qahva ichgan.

*Amerikalik yozuvchi O.Genri yozuvchilik faoliyatini kamomad uchun turmaga tushib qolganda qamoqxonada boshlagan. U shu qadar ajoyib yoza boshlaganki, tez orada odamlar turmani unutib yuborishgan.

*Xeminguey beshta urushda qatnashgan, to‘rt marta avtohalokatga, ikki marta aviahalokatga uchragan. Yana onasi uni bolaligida raqs maktabiga qatnashga majbur qilgan.

   *Edgar Allan Po butun umr qorong‘ulikdan qo‘rqqan. Bu qo‘rquv uning bolaligida qabristonda o‘qigani sababli bo‘lsa kerak. U o‘qigan maktab shu qadar qashshoq ediki, hatto o‘quvchilarga o‘quv qo‘llanmalari sotib olishga pul topilmasdi. Bag‘oyat tadbirkor matematika o‘qituvchisi darsini qabristonda, mozorlar orasida o‘tadi. Har bir o‘quvchi ko‘rsatilgan qabr boshiga borib, qabrtoshidagi yozuvlardan marhumning o‘lgan yilidan tug‘ilgan yilini ayirib tashlar va uning necha yil yashaganini aniqlar edi. U ulg‘ayganda dahshatli adabiyot asoschisi bo‘lib yetishganining sababi shu bo‘lsa kerakki.


Комментарии

Eng ko'p o'qilganlar

Kitob haqida hikmatli so'zlar

Kutubxonalar haqida eng qiziq faktlar

KUTUBXONA FAOLIYATIDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY TUSHUNCHALAR