Ashshurbanipal kutubxonasi
Ashshurbanipal mil.avv. 685-627- yillarda yashagan. Ossuriya qiroli otasi Asarhaddon boʻlgan. Yoshlik davrini “Bit Reduni” saroyida oʻtkazgan. Buyuk davlat arbobi, sarkarda, imperator. Qattiq qoʻlligi bilan tarixda iz qoldirgan. U dushmanlarini nafaqat yoʻq qilish balki maksimal darajada yakson qilishi bilan ajralib turgan. Bundan tashqari u shumer va akkad tilini bilgan yagona imperator boʻlgan. Tarixda nafaqat siyosiy arbob sifatida balki jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi bilan ham oʻrin olgan. Bu kutubxona Ashshurbanipal buyrugʻiga asosan qurilgan. Dastlabki faoliyatini davlat hujjatlarini saqlash uchun arxiv sifatida boshlagan va 25 yil mobaynida qurilgan. Fondi 30000 ga yaqin loy (gil) dan yasalgan tablichkalardan tashkil topgan. 1849-yilda ingliz arxeologi Ostin Genri Leyard tomonidan kutubxonaning katta (1-qismi) qismi Efrat va Tigr daryolari sohilidan topilgan. 3 yildan keyin uning yordamchisi diplomat va sayohatchi Ormuz Rassam tomonidan 2...