Сообщения

Har bir kishi o'qib chiqishi tavsiya etiladigan 100 ta kitoblardan qaysi birini o'qishga ulgurdingiz?

Изображение
info.islom.uz sayti ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazilgan so'rovnomalar asosida har bir o'zbek o'qib chiqishi tavsiya qilinadigan kitoblar ro'yxatini aniqladi. Unga ko'ra, har bir kishi o'qib chiqishi kerak bo'lgan kitoblar quyidagilardir: 1. Qur'oni karimga oid kitoblar (Tafsiri Hilol, Tafsiri Irfon, Qur'oni karim ma'nolarining tarjimalari). 2. Hadis kitoblari (Oltin Silsila, Hadis va Hayot, Riyozus-solihiyn va boshqa hadis kitoblari). 3. O'zbek davlatchiligiga oid kitoblar (Konstitutsiya, Prezident asarlari, qonunlar va h.k.). 4. Hazrati Alisher Navoiy va boshqa mumtoz adabiyotimizga tegishli asarlar. Shuningdek quyidagi kitoblar ham tavsiya etildi: 5. Al-Adab Al-Mufrad (Imom Buxoriy). 6. Muxtasarul viqoya (Kifoya) (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf). 7. Ibodati Islomiya (Ahmad Hodiy Maqsudiy). 8. Sunniy aqidalar (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf). 9. Payg'ambarlar tarixi Islom tarixidir (Rahmatulloh Obidov...

Iroq kitob bozorlari haqida

Изображение
Iroqda kitob bozorlaridagi kitoblar tun davomida qarovsiz qoldiriladi. Iroqliklarni aytishicha, o'quvchi o'g'irlamaydi, o'g'ri esa o'qimaydi.

Kutubxonalar haqida eng qiziq faktlar

Изображение
1.       Dunyodagi eng qadimgi kutubxona Misrning Sinay shahridagi Sulton Ketrin monastirida joylashgan bo’lib , u 6-asr o’rtalarida qurilgan va dunyodagi Vatikandan keyin ikkinchi eng yirik dinga oid qo’llanma va kitoblar jamlanmasiga ega bo’lgan kutubxonadir. Bu kutubxonadan faqatgina rohiblar hamda olimlargagina foydalanishga ruhsat berilgan.     2.       Dunyodagi eng katta kutubxona – Kongress kutubxonasi bo’lib, taxminan 1348342 kilometr uzunlikdagi kitob javonida 158 milliondan ziyod fond bor: 36 milliondan ortiq kitoblar va boshqa bosma materiallar, 3,5 million plastinkalar, 13,7 million fotosuratlar, 5,5 million xaritalar hamda 69 million qo’lyozmalardan iborat 3. Dunyodagi eng kichik kutubxona Nyu-York shahrining ko’chalarida qurilgan bo’lib, bu kutubxonada faqatgina  bitta kitobxon foydalanishi uchungina yetarli bo’lgan joy ajratilgan. Yorqin sariq rangda plassmasadan ishlangan bu kichik...

IFLA haqida bilasizmi?

Изображение
IFLA  – bu  Kutubxona assotsiatsiyalari va muassasalarining xalqaro federatsiyasi  ( IFLA: The International Federation of Library Associations and Institutions ) hisoblanib, kutubxonalar, axborot xizmatlari va ularning foydalanuvchilari bilan qiziqqan kutubxonachilik sohasidagi yetakchi tashkilotdir. IFLA tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, ushbu xalqaro tashkilot 1927-yil Shotlandiyaning Edinburg shahrida tashkil etilgan. Hozirda esa dunyoning  140  dan ortiq mamlakatida  1400+  a’zolariga ega. Federatsiyasi maqsadi IFLA mustaqil, xalqaro, nodavlat-notijorat tashkilot bo‘lib, uning maqsadi quyidagilardan iborat: Kutubxona va axborot xizmatlarini rivojlantirish, kutubxona faoliyatini yanada kengaytirish; Yaxshi kutubxonalar va axborot xizmatlarini ahamiyatini anglab yetilishini, keng miqyosda tarqalishini ta’minlash; Barcha a’zolarini qiziqishlarini ko‘rsatish; A’zolik Milliy va xalqaro uyushma vakillari va tashkilot a’zolari uchras...