KUTUBXONA FAOLIYATIDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY TUSHUNCHALAR
AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATIDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY TUSHUNCHALAR Kutubxona – hujjatlardan tashkil topgan fondga ega bo‘lgan va ularni abonementlarga vaqtinchalik foydalanishga beradigan hamda boshqa turdagi kutubxona xizmatlarini amalga oshiradigan axborot, madaniy, ta’limiy muassasa. Axborot-kutubxona tizimi – axborot-kutubxona tizimi yagona tashkiliy va uslubiy ta’minot asosida faoliyat ko‘rsatuvchi axborot-kutubxona muassasalari majmuidir. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – O‘zbekiston Milliy kutubxonasi milliy va jahon madaniyatini, fani va ta’limini rivojlantirish manfaatlarini ko‘zlagan holda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi umumdavlat universal axborot-kutubxona muassasasidir. Axborot-kutubxona markazlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida axborot kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalaridir. Axborot...